Bombalar ostidagi Gʻazo: 127‑kunning asosiy voqealari
Isroil tomonidan Gʻazo sektorida qatliom boshlanganiga 127 kun boʻldi. Oʻtgan kunning asosiy voqealari.
Isroil
tomonidan Gʻazo sektorida qatliom boshlanganiga 127 kun boʻldi. Oʻtgan kunning
asosiy voqealari.
▪ Bosqinchilar
Rafax, Dayr
al-Balahiy va Xon Yunisga hujum qildi. Kun davomida 107 falastinlik halok boʻldi,
146 nafari yaralandi. Umuman olganda,
▪ Gʻazoda urush
boshlanganidan buyon 27 947 kishi qurbon
boʻldi, 67 459 nafari yaralandi.
▪ Bosqinchi
snayperlar Nosir kasalxonalarini oʻqqa tutmoqda, bu erda 10 ming koʻchirilgan odam va 450 bemor
boshpana topmoqda. 1 ayol halok boʻldi, 3 nafari yaralandi, shuningdek, tanklar
kasalxonaning yuqori qavatlarini oʻqqa tutdi.
▪ Qizil Yarim Oy: Amal kasalxonasidan ishgʻolchilar 4
yarador va 8 Qizil Yarim Oy
xodimini oʻgʻirlab ketishdi.
▪ Isroil
urush davomida 340 nafar tibbiyot xodimini oʻldirdi, 99 nafarini qamoqqa oldi va
123 ta tez tibbiy yordam mashinasini yoʻq qildi.
▪ Amnesty
International tashkiloti rahbari:
Xalqaro hamjamiyat Gʻazoda genotsidning oldini olish uchun chora koʻrish majburiyati
bor.
▪ Qatar
qurolli kuchlari samolyoti Gʻazodan yaralangan falastinliklarning oʻn beshinchi
partiyasi bilan Doxa
shahriga etib keldi. Umuman olganda, Qatar amiri 1500 yaradorni davolash uchun olib
ketish majburiyatini oldi.
▪ Gʻarbiy
Sohilda bosqinchilar Qalqilya, Baytlahm, Xevron va Nablusga bostirib kirishdi. 1
kishi halok boʻldi, 18 kishi, jumladan, voyaga etmagan bola hibsga
olindi.
▪ Damashq havo
mudofaasi Isroildan otilgan raketalarni urib tushirdi.