Bombalar ostidagi Gʻazo: 126‑kunning asosiy voqealari
Isroil tomonidan Gʻazo sektorida qatliom boshlanganiga 126 kun boʻldi. Oʻtgan kunning asosiy voqealari dayjesti.
Isroil tomonidan
Gʻazo sektorida qatliom boshlanganiga 126 kun boʻldi. Oʻtgan kunning asosiy
voqealari.
▪ 24 soat
davomida bosqinchilar Rafax, Dayr al-Baxaxi va Xon Yunisga hujum qildi. Kun davomida 15 ta
ommaviy qotillik sodir etildi, buning natijasida 130 kishi halok boʻldi, 170 kishi
yaralandi.
▪ 7
oktyabrdan buyon Gʻazoda Isroil hujumlari natijasida 27 840 falastinlik, jumladan
12 150 bola va 8 000 dan ziyod ayol halok boʻldi, 10 mingga yaqin kishi bedarak
yoʻqolgan.
▪ Bosqinchilar
Gʻazo markazida koʻchirilganlar boshpana
topgan bolalar bogʻchasiga hujum qilishdi. 4 kishi halok boʻldi, oʻnlab
odamlar yaralandi.
▪ Bosqinchilar
Gʻazo sektoridan bir
diviziya, 3 ta brigada va bir batalʻonni, Xon Yunisdan esa bir batalʻonni olib chiqib ketdi.
▪ Irlandiya bosh vaziri Mishel O`Nil: HAMAS oxir-oqibat Yaqin Sharqda tinchlik
oʻrnatishda hamkorga aylanadi. Yaqin Sharqdagi mojaroga barham berishning yagona yoʻli
muloqotdir.
▪ Iordan
daryosining gʻarbiy sohilida bosqinchilar Xebron, Qalqilya, Baytlahm va Nablusga
bostirib kirdi va bu erda 6 nafar falastinlik halok boʻldi. Tulkarmda
bosqinchilar qamoqdan chiqqan yoshlarni hibsga oldi.
▪ Bayden:
Isroilning Gʻazodagi javobi meʻʻyoridan
oshib ketdi. Gʻazo sektorida juda koʻp begunoh odamlar och qolmoqda yoki oʻlmoqda. Gʻazo aholisining
ochligi toʻxtatilishi kerak.
▪ Livan
janubidan bosib olingan Falastin hududlariga Yuqori Jalila tomon 30 ta raketa
uchirildi.
▪ YuNISEF: Biz
zudlik bilan tomonlarni 600 mingdan ortiq bolalar va ularning oilalari panoh topgan Rafaxda harbiy vaziyatni kuchaytirishdan tiyilishga
chaqiramiz.
▪ Isroil
armiyasi: Hizbulloh tomonidan Isroil shimolidagi Kirʻyat‑Shmonga otilgan tankka
qarshi raketalardan 3 askar jarohat oldi, birining ahvoli ogʻir.
▪ Maersk Shipping Company Qizil dengizdagi vaziyat tufayli 2023 yilning oxirgi choragidagi daromad oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 87 foizga kamayganini maʻʻlum qildi.