Bombalar ostidagi Gʻazo: 124‑kunning asosiy voqealari
Isroil tomonidan Gʻazo sektorida qatliom boshlanganiga 124 kun boʻldi. Oʻtgan kunning asosiy voqealari dayjesti.
Isroil
tomonidan Gʻazo sektorida qatliom boshlanganiga 124 kun boʻldi. Oʻtgan kunning
asosiy voqealari.
▪ 24 soat
davomida Gʻazoda Isroil
hujumlari natijasida 107 falastinlik halok boʻldi, 143 nafari yaralandi. Jumladan, Rafax, Xon Yunis va Dayr al-Balahsiyga hujum
qildi.
▪ 7
oktyabrdan beri Isroilning Gʻazodagi hujumlarida 27 585 kishi, asosan ayollar va
bolalar halok boʻldi, 66 978 falastinlik yaralandi.
▪ Rafaxda bosqinchilar un ortilgan gumanitar yuk karvonidagi mashinani
bombardimon qildi. 6 kishi voqea joyida vafot etgan.
▪ Gʻarbiy
Sohilda ishgʻolchilar Jenin, Xevron va Ramallah shaharlariga bostirib kirdi.
Qarshilik jangchilari Nablus va Qalkilyoda bosqinchilarga qarshi kurashdilar. Oʻnlab
falastinliklar hibsga olingan. Silvad shahrida bosqinchilar Amerika fuqaroligiga
ega boʻlgan falastinlik ayolni uyidan
oʻgʻirlab ketdi.
▪ Isroilning
Suriyaning Xoms shahriga uyushtirgan hujumi natijasida bir necha kishi halok boʻldi va
yaralandi.
▪ Gʻazoda
halok boʻlgan jurnalistlar soni 123 kishiga etdi. Oʻldirilgan soʻnggi jurnalist Gʻazo hukumati
matbuoti jurnalisti Rizqa al-Gʻarabli boʻldi.
▪ BMT:
Gʻazoga yordam etkazish imkoniyati yanada kamayib ketdi. Ishgʻol hokimiyati talab
qilingan miqdorni tashishga ruxsat bermayapti. Yanvarʻ oyida shimoliy hududlarga rejalashtirilgan 61 yordam
missiyasidan faqat 10 tasi amalga oshirildi.
▪ Xusiylar Qizil dengiz va Adan
koʻrfazidagi kemalarga 6 ta ballistik raketa uchirdi. Zarbalar Buyuk Britaniyaning
yuk kemasi va shtatlarga tegishli Marshall orollari bayrogʻi ostida suzuvchi kemaga
qaratilgan.