Bombalar ostidagi Gʻazo: 123‑kunning asosiy voqealari
Isroil tomonidan Gʻazo sektorida qatliom boshlanganiga 123 kun boʻldi. Oʻtgan kunning asosiy voqealari dayjesti.
▪ Gʻazo qirgʻinining
125-kuni bosqinchilar Rafax, Dayr al-Balahiy va Xon Yunisga hujum qildi. Kun
davomida 16 ta ommaviy qotillik sodir etildi, 123 kishi halok boʻldi. Qurbonlar
soni 27 708, yaradorlar soni 67 147 nafarga oshdi.
▪ Bosqinchilar
Nosir kasalxonasi yaqinida shiddatli oʻt ochmoqda, snayper oʻqidan ikki falastinlik
halok boʻldi. Amal kasalxonasi 18 kundan beri bosqinchilar tomonidan qamalda,
qolgan bemorlar hamda koʻchirilganlar oziq-ovqat va suvdan mahrum.
◾Al-Quds brigadasi Xon Yunis shahri
gʻarbidagi uyda yashiringan 10 nafar askardan iborat maxsus sionist otryadga hujum
qildi. Gʻazo shahrida Merkava tanki ham portlatilgan.
▪ Norvegiya
Gʻazodagi halokatli vaziyatga qarshi kurashish uchun YuNRVAga 26 million dollar
ajratdi.
▪ HAMAS
Gʻazoda asirlar almashinuvi va oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha uch bosqichli rejani qabul
qildi. Har bir bosqichning 45 kundan iborat boʻlishi aytildi.
▪ BMT:
Biz ishgʻol ostidagi quruqlikdagi qoʻshinlarning Gʻazo janubidagi Rafax tomon
oldinga siljishi munosabati bilan aholi taqdiridan chuqur xavotir bildiramiz.
Misr bilan toʻgʻridan-toʻgʻri chegarada joylashgan hududda hozir milliondan ortiq
aholi istiqomat qilmoqda.
▪ Iordan
daryosining gʻarbiy sohilidagi “Nur‑Shams” lagerida Isroil tomonidan oʻtkazilgan
reyd davomida “Al-Aqso shahidlari” brigadasi etakchisi Mutasam Ali halok boʻldi.
▪ Husiylar:
Amerika-Britaniya tajovuzi Xodayda va Saada viloyatiga zarba berdi.
▪ Gʻazoda
saraton kasalligiga chalingan 10 ming nafar bemor 4 oydan ortiq vaqt davomida dori
vositalari va davolanishdan mahrum qolayotgani maʻʻlum qilindi.