Bombalar ostidagi Gʻazo: 119‑kunning asosiy voqealari
Isroil tomonidan Gʻazo sektorida qatliom boshlanganiga 119 kun boʻldi. Oʻtgan kunning asosiy voqealari dayjesti.
▪ Gʻazoni
bombardimon qilishning 119-kuni bosqinchi armiya Evropa kasalxonasi yaqinida Xon
Yunisga hujum qildi.
▪ Kun
davomida 118 kishi halok boʻldi, 190 kishi yaralandi. Jami qurbonlar soni 27 019
nafar, yaradorlar soni 66 139 nafarga etdi.
▪ Qizil
yarim oy: Bosqinchilar 11 kundan beri qamalda qolgan Amal kasalxonasiga uchinchi
marta bostirib kirishdi. Oziq-ovqat, suv va dori-darmon bilan taʻʻminlash juda
muhim. Otishma tufayli odamlar hududni tark eta olmayapti.
▪ Gʻazo
Sogʻliqni saqlash vazirligi: Xon Yunisdagi Nasir kasalxonasi yaqinidagi maktablarda
koʻchirilgan 30 mingdan ortiq odamda suv, oziq-ovqat, bolalar ovqati va kislorod
yoʻq. Vaziyat keskin.
▪ Bosqinchilar
Xon Yunisdan 55-havo-desant brigadasini olib chiqib ketdi, shundan soʻng bu hududga
havo zarbalari berdi.
▪ AQSh Gʻarbiy
Sohilda falastinliklarga uyushtirilgan hujumlar tufayli 4 yahudiy koʻchmanchiga qarshi
sanktsiya joriy qildi. Ilgari Bayden maʻʻmuriyati vazirlar Ben Gvir va Smotrixga
qarshi sanktsiyalar joriy etishni koʻrib chiqqan edi.
▪ Belʻgiya
tashqi ishlar vaziri Xaja Laxbib ishgʻolchi kuchlar Belʻgiya taraqqiyot agentligining
Gʻazodagi qarorgohini vayron qilganidan soʻng Isroil elchisini chaqirtirdi.
▪ Xon
Yunisdagi As-Sikka hududida bosqinchilarning hujumi natijasida bir hafta oldin
vayron boʻlgan uy vayronalari ostidan 12 kishining jasadi topildi.
▪ Bosqinchilar
Xevron, Nablus, Qalqilya va Jeninga bostirib kirishadi. Jeninda qarshilik kuchlari
qarshi kurash olib bordi.