19.12.2024 13:18
Bombalanayotgan Gʻazo: 440-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 440 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Bosqinchilar Xon Yunisga, Bureyj, Nuseyrat va Jabaliya lagerlariga hujum qildi. Kun davomida bosqinchilar 4 marta qirgʻin qilishdi, 43 kishi halok boʻldi. Urush boshlanganidan buyon 45 097 kishi shahid boʻldi.
▪️Bosqinchi samolyotlar Jabaliyadagi An-Najjar oilasining uyiga zarba berdi. 10 kishi shahid boʻldi.
▪️Gʻazo shimolida, koʻchirish paytida bosqinchilar Al-Jazira jurnalisti Moaz Al-Kahlotni hibsga olishdi. Uning taqdiri haqida hech narsa maʻʻlum emas.
▪️Al-Qassam brigadalari Jabaliya lagerida 5 nafar bosqinchini yoʻq qildi va bronetransportyorni portlatib yubordi. Bayt Lahiya shahrida qarshilik jangchisi Merkva tanki yonida bir askarni yoʻq qildi, qurolini oldi va tankga ikkita qoʻl granatasini tashladi.
▪️Gʻarbiy Sohilda Tulkarm qarshilik jangchilari ishgʻol mashinasiga hujum qilishdi. Bosqinchilar orasida yoʻqotishlar bor.
▪️Isroil harbiylari mahalliy OAVga bergan intervʻyusida: Nitsarim oʻqida "murdalar chizigʻi" deb nomlangan chiziq bor. Falastinliklarni oʻqda otib tashlaganimizdan soʻng, biz itlar ovqatlanish uchun jasadlarni qoldiramiz.
▪️HAMAS: Biz BMT tomonidan Falastin xalqining oʻz taqdirini oʻzi belgilash huquqini tasdiqlovchi rezolyutsiya qabul qilinishini olqishlaymiz.
▪️BMT: Isroil 70 kundan ortiq vaqtdan beri Isroil qamalida boʻlgan Bayt Xanun, Bayt-Laxiya va Jabaliya shaharlarida ocharchilikka yordam berish talablarini yana rad etdi.
▪️Bu kecha Husiylar Tel-Avivga raketa otishdi. Butun ishgʻol hududida sirenalar yangradi. Bu vaqtda Isroil tutuvchi raketasi Tel-Avivdagi maktabni adashib bombardimon qilgan.
▪️Isroil Yaman poytaxti Sanadagi ikkita markaziy elektr stantsiyasi va Xodeyda portiga yirik havo hujumlari uyushtirdi. Hujumlarda 9 kishi halok boʻldi.
▪️Human Rights Watch: Isroilning Gʻazodagi Falastin aholisini suvdan ataylab mahrum qilishi genotsid aktidir.
▪️Dunyo boʻylab 1078 nafar matematik oʻz hamkasblarini Gʻazodagi genotsid va Falastinning noqonuniy mustamlaka qilinishini qoralamaydigan Isroil muassasalari bilan barcha ilmiy hamkorlikni toʻxtatishga chaqirgan ochiq xatni imzoladi.