21.11.2024 13:26

Bombalanayotgan Gʻazo: 412-kunning asosiy voqealari

Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 412 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Bayt-Laxiya, Shayx Radvan, Xon Yunis va Rafahga hujum qilishdi. Urush boshlanganidan beri 43 985 kishi halok boʻlgan.

 ▪️Oʻsha kechasi fashistlar ikkita qirgʻin qildi. Kamal Advan kasalxonasi yaqinidagi Bayt Lahiya shahridagi turar-joy hududiga zarba berildi, 66 kishi halok boʻldi, Shayx Radvandagi Al-Aruqiylar oilasining uyi bombardimon qilindi, 22 kishi halok boʻldi. Ikkala qirgʻin qurbonlarining aksariyati bolalar va ayollar edi.

 ▪️Al-Qassam brigadalari Beyt-Laxiyada "Merkava" tanki va "Yunitan" bronetransportyorini yoʻq qildi, Nittsarim oʻqida bosqinchilar guruhi yoʻq qilindi.

 ▪️Xitoy rahbari Si Tszinʻpin: Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatishga chaqiraman. Hozirgi vaziyatda BRIKS mamlakatlari adolat va tinchlik ovozi sifatida harakat qilishlari nihoyatda zarurdir.

 ▪️YuNRVA bosh kotibi: Gʻazo bolalar qabristoniga aylandi. Gʻazo bolalari oʻldirilmoqda, yaralanmoqda, qochishga majbur boʻlmoqda, xavfsizlik va taʻʻlimdan mahrum boʻlmoqda.

 ▪️"Hizbulloh" Nahariyadagi 146-diviziya, Akkadagi Sharaga va Aelet bazalariga hujum qildi. 

▪️Bosqinchilar Livan janubidagi Xiam shahriga 12 marta hujum uyushtirdi, hozirda bosqinchilar bilan toʻqnashuvlar davom etmoqda. Tirga hujum qilindi.

 ▪️Suriya Mudofaa vazirligi: Isroil Homs viloyatidagi Palmira shahriga zarbalar berdi. 36 kishi halok boʻldi, 50 dan ortiq kishi yaralandi.