13.11.2024 13:23
145

Bombalanayotgan Gʻazo: 404-kunning asosiy voqealari



Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 404 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Gʻazo markazi, Bayt Lahiya hamda Bureyj, Jabaliya va Nuseyrat lagerlariga hujum qildi. 24 soat ichida 64 kishi vafot etdi. Urush boshlanganidan buyon 43665 kishi shahid boʻldi.

▪️2023 yilning 7 oktyabrʻ kuni Isroil armiyasi Gʻazo sektoriga hujumlar boshlaganidan beri Gʻazo va bosib olingan Gʻarbiy Sohilda 12 mingdan ortiq talaba, 564 nafar oʻqituvchi halok boʻldi, 567 ta maktab bombardimon qilindi.

▪️Al-Qassam brigadalari Jabaliya hududida "Merkava" tankini ekipaji bilan  yoʻq qildi, shuningdek, Al-Kassasib hududidagi uyga joylashib olgan bosqinchi askarlar toʻdasiga zarba berdi. Bayt-Laxiyada ham 7 bosqinchi yoʻq qilingani aytildi.

▪️BMT: Gʻazoda tinch aholining misli koʻrilmagan darajada oʻldirilishini qayd etdik. Isroil xalqaro huquq asoslarini muntazam ravishda buzmoqda.

▪️Gʻarbiy Sohilda bosqinchilar Jenin, Nablus, Salfitga bostirib kirdi. Jenin shahrida shiddatli janglar ketmoqda.

▪️ "Hizbulloh" Livan janubida quruqlikdagi amaliyotlar boshlanganidan buyon 100 dan ortiq bosqinchini yoʻq qilgani va 1000 ishgʻol askarini yaralaganini eʻʻlon qildi. Kechagi hujumlar davomida Isroilga qarshi 20 ta harbiy amaliyot oʻtkazildi. Ben Gurion aeroporti faoliyati falaj boʻldi.

▪️ Livan Sogʻliqni saqlash vazirligi: Isroilning Livan boʻylab bombardimon qilishlari natijasida 32 kishi halok boʻldi, ulardan 4 nafari bola, 51 kishi yaralandi. Zarbalar Harek Xraykdagi Dar al-Havra tibbiyot markaziga berilgan.