Bombalanayotgan Gʻazo: 363-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 363 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Gʻazoga hujumlarini kuchaytirdi. Kun davomida
ular 5 marta qirgʻin qilishdi, 89 kishi halok boʻldi. Urush boshlanganidan buyon 41689
kishi shahid boʻldi.
▪️WAFA:
Sharqiy Quddusda 2024
yilning uchinchi choragida Isroil
hujumlari natijasida sakkiz falastinlik halok boʻldi, 304 nafari hibsga olindi va 16138
mustamlakachi Al-Aqso
masjidiga bostirib kirdi.
▪️Al-Qassam
brigadalari Rafahda Merkava tankini portlatib, ishgʻolga oid harbiy texnikani yoʻq
qildi.
▪️Bu tunda bosqinchilar Bayrutning janubiy chekka hududlariga
20 marta zarba berdi. Ulardan biri tez yordam stantsiyasiga kelib tushgan. Kun davomida 46 kishi
halok boʻldi, 85 kishi jarohat oldi.
▪️Soʻnggi 24 soat ichida Isroil havo kuchlarining Livanga
bergan zarbalari natijasida 46 kishi halok boʻldi, 85 kishi yaralandi. 2023 yil 8 oktyabrdan beri
Isroilning Livanga qilgan hujumlarida 1928 kishi halok boʻldi, yana 9290 kishi
yaralandi. Ayni vaqtda 1 million 200 ming kishi oʻqqa tutilishi
sababli uyini tark etishga majbur boʻldi.
▪️Hizbulloh Livan janubidagi Marun ar-Ras shahri tomon
harakatlanayotgan Isroilning 3 tanki boshqariluvchi raketa yordamida yoʻq qilgani,
shaharga kirishga uringan isroil piyoda askarlariga hujum qilingani haqida xabar
berdi.
▪️Isroil Livanga hujum chogʻida 8 ta askar halok boʻlgani va 39 tasi yaralangani haqida
xabar berdi. Haqiqiy raqamlar koʻproq: Hizbulloh bilan jangda 14 dan 35 gacha
askar halok boʻlgan.
▪️Husiylar: Ishgʻol
ostidagi Yafa (ibroniy Tel-Aviv)dagi hayotiy nishonga bir nechta uchuvchisiz uchoqlar bilan hujum qildik,
nishonlarga aniq zarba
berildi.
▪️Suriya va Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari Jebla
shahri yaqinida dushman zarbasini qaytardi.