Bombalanayotgan Gʻazo: 343-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 343 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Mavasi hududi,
Jabaliya lageri, Rafah va Xon Yunisga hujum qildi. Kun davomida 3 ta qirgʻin sodir
boʻldi, 40 kishi halok boʻldi. Urush boshlanganidan buyon 41118 kishi shahid boʻldi.
▪️Qarshilik jangchilari Rafahda “Merkava” tankini portlatib yubordi.
▪️Gʻarbiy Sohilda Tulkarm va Tubasda shiddatli janglar
ketmoqda. 4 kishi shahid boʻldi.
Isroil
HAMAS etakchisi Yahyo Sinvar va atrofidagilarga Gʻazoni xavfsiz tark etish taklifini
berdi. Shuningdek, otashkesim evaziga HAMAS harbiy faoliyatlarini toʻxtatish taklif
qilindi.
▪️Livan
Sogʻliqni saqlash vazirligi: Livan janubidagi Nabatiya hududida bosqinchilar
tomonidan uyushtirilgan hujumda 3 kishi halok boʻldi, 3 kishi yaralandi.
▪️Hizbulloh Nahal harbiy bazasi va bosib olingan Safad
shahriga yirik hujumlar uyushtirib, shaharni elektr energiyasisiz qoldirdi.
▪️Evropa Ittifoqi rahbari: Dunyo falastinliklarning oʻz
davlatiga ega boʻlishini talab qilmoqda
▪️Ishgʻol
matbuoti: Armiya Gʻazo shimolini harbiy zonaga aylantirish masalasini koʻrib
chiqmoqda.
Isroilning
i24NEWS kanali: Yaman (husiylar) Isroilga
qarshi yangi front ochish uchun Suriya janubiga bir guruh askar yubordi.