Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 342 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Xon Yunis, Bureyj, Jabaliya va Nuseyrat lagerlariga hujum qildi. 24 soat ichida 64 kishi vafot etdi. Urush boshlanganidan buyon 41 084 kishi shahid boʻldi.

▪️Gʻarbiy Sohilda ishgʻolchilar Baytlahm, Qalqilya, Tulkarm, Al-Xalil, Tubas, Nablusga hujum qilmoqda. Bir kishi halok boʻldi, 6 kishi yaralandi.

▪️Gʻarbiy sohildagi Al-Xalil shahrida ishgʻolchi maxsus kuchlar «Xalhoul» shahar kasalxonasiga bostirib kirib, yarador falastinlikni oʻgʻirlab ketishdi.

▪️Al-Jauniy maktabiga fashistlar hujumi qurbonlari soni 18 kishiga etdi. Halok boʻlganlar va yaralanganlar orasida koʻplab bolalar va ayollar bor.

▪️16 kun ichida fashistlar Gʻarbiy Sohilda 50 nafar falastinlikni oʻldirdi. Eng koʻp shahidlar Jenin, Tulkarm va Tubasdan.

▪️Ishgʻol matbuoti: Xalqaro jinoyat sudi tez orada Netanyaxu va Gallantni hibsga olish uchun order beradi va buning oldini olishning iloji boʻlmaydi.

▪️Falastin BMTning 79-sessiyasida ilk bor davlatlar qatoridan joy oldi. Endi davlat oʻz vakillarini soʻzga chiqqanlar roʻyxatiga kiritishi va unga oʻzgartirishlar kiritishni taklif qilishi mumkin.

▪️BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish: Netanyaxu qoʻngʻiroqlarimga javob bermayapti.

Mavzuga aloqador