02.08.2024 13:41
722

Bombalanayotgan Gʻazo: 301-kunning asosiy voqealari

Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 301 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Shujayya va Sabra hududlari, Xon Yunis va Gʻazo markaziga hujum qildi. Kun davomida 52 kishi halok boʻldi. Urush boshlanganidan buyon 39 497 kishi shahid boʻldi, ularning 16 314 nafardan ziyodi bolalardir.

▪️Gʻarbiy Sohilda bosqinchilar Nablus, Quddus va Tulkarmga bostirib kirdi. 3 falastinlik yaralangan.

▪️Fashistlar Shujaydagi maktabga hujum qilishdi. 15 dan ortiq kishi shahid boʻldi, 47 kishi yaralandi.

▪️48 soatlik sukunatdan soʻng Hizbulloh Jalilaga 60 dan ortiq Katyusha raketalarini otdi. Xayfa va Kiryat Shmona shaharlarida portlashlar sodir boʻlgan.

▪️Bugun juma namozidan keyin Ismoil Haniya Qatar poytaxti Dohada dafn etildi.

▪️Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon HAMAS etakchisi Ismoil Haniya oʻlimi munosabati bilan bir kunlik motam eʻʻlon qildi. Mamlakatdagi barcha bayroqlar tushirildi.

▪️ Le Monde va El Pais: Ismoil Haniyaning oʻldirilishi Isroilning ogʻir ahvolda ekanligidan dalolatdir.

▪️Bayden Netanyaxu bilan telefon suhbatida Isroilni qoʻllab-quvvatlash uchun Amerika harbiy kuchlarini joylashtirish masalasini muhokama qildi.

▪️Erdogʻan Bayden bilan telefon suhbatida Isroil Gʻazodagi urush butun mintaqani qamrab olishini istayotganini taʻʻkidladi.