Bombalanayotgan Gʻazo: 297-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 297 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Xon Yunisga, Bureyj va
Nusayrat lagerlariga hujum qildi. Kun davomida 4 ta qirgʻin sodir boʻldi, 66 kishi
halok boʻldi, 241 kishi yaralandi.
▪️Gʻarbiy
Sohilda bosqinchilar Qalandiya, Baytlahm, Nablus va Jeninda falastinliklarni
ommaviy hibsga olish uchun operatsiya oʻtkazmoqda.
▪️Al-Qassam
brigadalari Tal al-Hava hududida nolʻ masofadan shiddatli kurash olib bormoqda.
▪️Britaniya
bosh vaziri Isroil prezidentini Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish yoʻlida zudlik bilan
qadam tashlash zarurligi haqida maʻʻlum qildi.
▪️Bosqinchi
havo kuchlari Livan janubidagi Markaba va Aitron shaharlariga hujum qildi.
▪️Bosqinchilarning
yangi buyruqlari tufayli oʻn minglab falastinliklar Burayj lagerini tark etmoqda.
Gʻazoning 86 foizi shunday evakuatsiya rejasiga boʻysundi.
▪️Erdogʻan:
Qorabogʻga kirganimizdek, Liviyaga kirganimizdek, Isroil bilan ham shunday
qilamiz. Imkonsiz narsani oʻzi yoʻq.