15.06.2024 15:00
Bombalanayotgan Gʻazo: 253-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 253 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
- Bosqinchilar Nuseyrat lageri, Shujaya hududi va Rafahga hujum qildi. Kun davomida 34 kishi halok boʻldi. Urush boshlanganidan buyon shahid boʻlganlar 37266 nafarga etdi.
- Gʻarbiy Sohilda ishgʻolchilar Tulkarm, Nablus, Ramallah va Jeninga hujum qildi. 2 kishi jarohatlangan. 30 dan ortiq falastinlik hibsga olingan.
- Bosqinchilar Rafahdagi Amirliklar shifoxonasiga artilleriyadan oʻt ochdi va Indoneziya shifoxonasiga oʻt qoʻydi.
- Hizbulloh oʻnlab "Falak" va "Katyusha" raketalari bilan sionistlarni oʻqqa tutdi. Isroil shimolida hamon yongʻin davom etmoqda.
- Al-Qassam brigadalari: "Biz Az-Zaytun hududidagi uy va tunnelni portlatib, bosqinchilar otryadini yoʻq qildik".
- Iroq Islomiy qarshilik kuchlari Hayfa portiga hujum qildi.
- "Associated press": AQSh harbiy-dengiz kuchlari Yamandagi sirli kuchlar bilan dengiz jangida oldinga siljiy olmayapti. Amerika Qizil dengizda Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng kuchli qarshilikka duch kelmoqda.
- Pentagon: Gʻazo boʻylab suzuvchi iskala vaqtincha demontaj qilinib, boʻronli ob-havo tufayli Ashdod portiga koʻchirildi.
- Qizil dengizdagi kemalar “Ozod Falastin” va “Bizning Isroil bilan hech qanday aloqamiz yoʻq” shiorlari ostida suzyapti.
- Metulla ishgʻol posyolkasi boshligʻi: "Isroil hukumati mamlakat shimolidagi nazoratni boy berdi va bu holat ularni tashvishlantirmayotganidan xavotirdaman".