01.05.2024 14:08
Bombalanayotgan Gʻazo: 208-kunning asosiy voqealari
Gʻazoni bombardimon qilishning 208-kuni. Bosqinchilar Rafaksi, Xon Yunis, Dayr al-Balahiy va Gʻazo markaziga hujum qildi. Bir kunda 47 kishi halok boʻldi.
▪️Gʻarbiy Sohilda Quddusga sayyoh sifatida kelgan Turkiya fuqarosi Hasan Saklan, ha Falastinliklar genotsidiga qarshi norozilik belgisi sifatida 3 nafar Isroil askariga hujum uyushtirdi. Hasan shahid boʻldi.
▪️Husiylar: Biz AQSh harbiy-dengiz kuchlarining ikkita esminetsiga, Hind okeanidagi MSC Orion konteyner kemasiga va Qizil dengizdagi “Cyclades” yuk tashuvchi kemasiga hujum qildik.
▪️Northrop Grumman kompaniyasidan Amerikaning yashirin bombardimonchi B-2 Spirit Gʻazo osmonida koʻrindi.
▪️Bosqinchilar Livan janubidagi shaharlarga hujum qilishdi. Mays al-Jabal, Kafr Qila va Hulaga hujum qilindi.
▪️Nyu-York politsiyasi: biz Kolumbiya universitetidagi vaziyatni nazoratga oldik va 100 kishini hibsga oldik.
▪️Talabalar oʻzlari egallab turgan Hamilton Hall binosini bosqinchilar otib tashlagan 6 yoshli Hind Rajab xotirasiga Hind Xoll deb oʻzgartirdilar.