Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 182 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️ Bosqinchilar Xon Yunis, Rafah va Gʻazo shimoliga hujum qildi. Kun davomida 62 kishi halok boʻldi va 7 oktyabrdan buyon Gʻazoda Isroil hujumlari natijasida jami 33 037 kishi shahid boʻldi, 75 668 kishi yaralandi.

▪️ Bugun tunda Gʻarbiy Sohilda ishgʻolchilar Al-Aqso masjidida namozxonlarga hujum qildi. Odamlarga koʻzdan yosh oqizuvchi gaz purkaldi, oʻnlab namozxonlar hibsga olindi. Tulkarmda bir yigit otib oʻldirildi.

▪️ Isroil Gʻazoga insonparvarlik yordami etkazilishi uchun yangi yoʻnalishlar, jumladan, HAMAS bilan urush boshlanganidan beri yopiq boʻlgan anklav shimolidagi «Erez» nazorat-oʻtkazish punktini ochishini maʻʻlum qildi.

▪️ BMTning Inson huquqlari kengashi Isroilga qurol eksportini taqiqlovchi rezolyutsiyani 28 koʻpchilik ovoz va 6 davlat qarshi ovoz bilan qabul qildi.

▪️ Janubiy Kipr yunon maʻʻmuriyatining maʻʻlum qilishicha, 240 tonna gumanitar yordam olib ketayotgan kemalar Gʻazodan falastinliklarga etkazmasdan qaytgan. Bu Gʻazodagi Isroil havo hujumida 7 nafar yordam xodimi halok boʻlganidan bir kun oʻtib sodir boʻldi.

▪️Al-Qassam brigadalari: Sderot, Ashkelon va Niramga raketa otildi.

▪️Hizbulloh Yuqori Jalilaga zarbalar berishni boshladi. Maʻʻlum qilinishicha, ishgʻol askarlari yaralangan.

 ▪️Falastin Qizil Yarim Oy jamiyati: Gʻazoda ochlik va suvsizlikdan oʻlgan bolalar soni 31 nafarga etdi.

 ▪️ YuNISEF: Gʻazodagi 10 ta maktabdan 8 tasi vayron boʻlgan.

 ▪️ Sky News: Britaniya qurollarining Isroilga eksportini nazorat qilayoganlar Gʻazodagi urush jinoyatlariga aloqador boʻlishdan qoʻrqib, oʻz ishlarini toʻxtatishga qaror qilishdi.

▪️ Gʻazodagi qirgʻinlar munosabati bilan Malʻdiv hukumati isroilliklarning mamlakatga kirishini taqiqladi. Deputatlar mamlakat immigratsiya qonunchiligiga kiritilgan oʻzgartishlarni bir ovozdan maʻʻqulladi.

▪️ Birlashgan Arab Amirliklari Gʻazoda BMTning 7 xodimi oʻldirilgani ortidan Isroil bilan barcha diplomatik aloqalarni toʻxtatganini eʻʻlon qildi. Isroilning i24News axborot agentligining xabar berishicha, Amirlik rasmiylari bu xabarni tasdiqlagan holda Tel-Aviv va Abu-Dabi oʻrtasidagi munosabatlarni “eng qorongʻu” deb atagan.

Mavzuga aloqador