Bombalanayotgan Gʻazo: 159-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik urushini boshlaganiga 159 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar dayjesti.
▪️ Bosqinchilar
Jabaliya, Xon Yunis va Dayr al-Balohga hujum qildi. Kun davomida bosqinchilar 8 ta
ommaviy qotillik sodir etildi,
buning natijasida 72 kishi halok
boʻldi, 129 kishi yaralandi.
▪️ 7
oktbyardan buyon Gʻazoda Isroil hujumlari natijasida jami 31 184 kishi halok
boʻldi, 72 889 kishi jarohat oldi.
▪️
Isroilning navbatlarda gumanitar yordam kutayotgan falastinliklarga qarata amalga
oshirgan hujumlari natijasida bugungi kunga qadar halok boʻlganlar soni 400
nafardan oshdi, 1,3 mingga yaqin kishi jarohatlandi.
▪️ Amerika
bombalari Gʻazo sektorida yashovchi AQSh fuqarosini ogʻir yaraladi, uning uyi oʻsha kuni
tunda ishgʻolchilar tomonidan Dayr al-Balohda bombardimon qilingan.
▪️ Gʻarbiy
Sohilda ishgʻolchilar 6 soat davomida Jenin va kasalxonalarga bostirib kirdi.
Bosqinchilar 16 yoshli oʻsmir va 23 yoshli yigitni oʻldirgan. Shyafat lagerida isroillik
snayper 13 yoshli bolani oʻldirdi.
▪️ Chililik 50
nafar advokat Xalqaro jinoiy sudga Isroil hukumati va uning bosh vaziri Benʻyamin Netanyaxaga qarshi daʻʻvo arizasi
bilan murojaat qildi.
▪️ Husiylar
Qizil dengizda AQShning “Labun”
esminetsiga hujum qildi.
▪️ Jazoir
Isroilning Falastin hududidagi jinsiy zoʻravonliklarini tergov qilishga va Gʻazo
sektorida zudlik bilan oʻt ochishni toʻxtatishga chaqirdi.
▪️ YuNRVA
rahbari: Gʻazoda toʻrt oydan sal koʻproq vaqt ichida halok boʻlgan bolalar soni
butun dunyo boʻylab toʻrt yillik urushda oʻldirilgan bolalar sonidan koʻp.
▪️ Evropa
Ittifoqining tashqi siyosat boʻyicha rahbari Xosep Borrel Isroilni ochlikdan urush
quroli sifatida foydalanayotganlikda aybladi.
▪️
Ramazonning ikkinchi kuni Quddusdagi Masjidul Aqsoda 45 ming falastinlik xufton
va taroveh namozlarini oʻqidi.