Boeing Indoneziya va Efiopiyadagi aviahalokatlardagi aybini tan olishga rozi boʻldi
AQShning Boeing kompaniyasi 2018 va 2019 yillarda Indoneziya va Efiopiyada 737 MAX samolyotlari halokati tergovlarini yakunlash maqsadida firibgarlikka qoʻl urgani haqidagi ayblovlarni tan olishga rozi boʻldi. Samolyot ishlab chiqaruvchisi, shuningdek, xavfsizlik va muvofiqlik dasturlarini kuchaytirish uchun keyingi uch yil ichida kamida 455 million dollar sarmoya kiritishga rozi boʻldi.
Boeing kompaniyasi
AQSh Adliya vazirligining ikki 737 MAX halokatiga oid tergovini tugatish uchun
firibgarlik boʻyicha fitna uyushtirish ayblovlarini tan olishga rozi boʻldi. Bu haqda Reuters
hukumatning sud taqdimnomasidagi bayonotiga tayanib yozmoqda.
Ayblov
2018 va 2019 yillarda besh oy oraligʻida Indoneziya va Efiopiyada roʻy bergan va 346
kishining oʻlimiga sabab boʻlgan ikkita 737 MAX halokati bilan bogʻliq. Qurbonlarning
oila aʻʻzolari Boeing kompaniyasini adolat oldida javob berishini talab qilishga
undagan.
Qurbonlarning
oila aʻʻzolarining Boeing kompaniyasi adolat oldida javob berishi soʻralgan arizada
aviasoz jinoyatchi sifatida ayblanishi soʻralgan. Boeing 243,6 million dollar
miqdorida jinoiy jarima toʻlaydi, deyiladi Adliya vazirligi (DOJ) Texas federal
sudiga taqdim etgan hujjatda.
Boeing
vakili “Adliya vazirligi bilan rezolyutsiya boʻyicha printsipial kelishuvga erishganini”
tasdiqladi. Samolyot ishlab chiqaruvchisi, shuningdek, xavfsizlik va
muvofiqlik dasturlarini kuchaytirish uchun keyingi uch yil ichida kamida 455 million
dollar sarmoya kiritishga rozi boʻldi.
Aybdorlikni tan olish kompaniyaning AQSh Mudofaa vazirligi va
NASA kabi tashkilotlardan daromadli davlat shartnomalarini taʻʻminlash qobiliyatini
xavf ostiga qoʻyadi. Adliya vazirligi
may oyida kompaniya qurbonlar
berilgan halokatlar bilan bogʻliq 2021 yilgi kelishuv bitimini
buzganligini aniqlaganidan keyin Boeing jinoiy javobgarlikka tortildi.
Adliya vazirligi,
shuningdek, kompaniya
talablarga rioya etilishini nazorat qilish uchun nazoratchi tayinlaydi. Kuzatuvchi
sudga kompaniya faoliyati toʻgʻrisida yillik hisobotlarni ochiq taqdim etishi kerak.
Biri
2018 yilda Indoneziyada, ikkinchisi 2019 yilda Efiopiyada sodir boʻlgan samolyot halokatlarida jami 346 kishi halok
boʻldi edi. Jumladan, 2018 yil oktyabrʻ
oyida Lion Air aviakompaniyasining 189 nafar yoʻlovchisi boʻlgan samolyoti Jakartadan havoga koʻtarilganidan 13 daqiqa oʻtib Yava
dengiziga qulagan edi.
2019
yilning mart oyida esa Efiopiya havo yoʻllari aviakompaniyasi reysi mamlakat
poytaxti Addis-Abebadan havoga koʻtarilganidan olti daqiqa oʻtib halokatga
uchradi. Bortdagi 157 kishining barchasi halok boʻlgan.
Ikkala halokat ham parvozlarni boshqarish tizimlarining nosozligi bilan bogʻliqligi
tasdiqlangan.