19.12.2024 10:10

BMT: rejim qulagandan keyin 100 ming suriyalik uylariga qaytdi

BMT: rejim qulagandan keyin 100 ming suriyalik uylariga qaytdi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro Migratsiya Tashkiloti (XMT) bayonotiga koʻra, Suriyada oʻtgan hafta Bashar Asad rejimi qulaganidan buyon 250 ming kishi oʻz uylariga qaytgan, ulardan 100 ming nafari mamlakat tashqarisida istiqomat qilayotgan suriyaliklar. 

"Suriyada 17 million kishi hamon yordamga muhtoj va umumiy aholining 90 foizi qashshoqlik chegarasida yashaydi. Urushdan qochgan minglab suriyalik qochqinlar hozir uylariga qaytmoqda, boshqalari esa mahalliy sharoit ularning eson-omon qaytishiga imkon beradimi yoki yoʻqligini baholamoqda", deyiladi tashkilot xabarida.

Qayd etilishicha, fuqarolik urushi boshlangan 2011 yildan buyon Suriyada katta vayronagarchilik va ommaviy koʻchirilishlar kuzatildi, 6 milliondan ortiq suriyalik mamlakatni tark etgan, 5,5 million kishi esa ichki uy-joyini tark etdi.