16.09.2025 12:14
60
BMT komissiyasi:
isroil Gʻazoda genotsid sodir etmoqda
Birlashgan Millatlar Tashkiloti(BMT)ning Gʻazo boʻyicha tergov komissiyasi isroilning falastinliklarga qarshi genotsid sodir etayotganini va uning oldini olish hamda jazolash boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmaganini eъlon qildi.
Xalqaro jinoiy sudning sobiq sudьyasi Navi Pilley raisligidagi 72 sahifalik hisobotda aytilishicha, isroil 1948 yilgi Genotsid konventsiyasining besh bandidan toʻrttasini buzgan: qotillik, tanga ogʻir shikast etkazish, halokatga olib keladigan hayot sharoitlarini yaratish va Gʻazoda falastinliklarning tugʻilishiga qarshi shafqatsiz choralar shular jumlasidandir.
Komissiya isroil hukumati va xavfsizlik kuchlari falastinliklarni toʻliq yoʻq qilish niyatida harakat qilganini aniqlagan.
“isroil hukumati va xavfsizlik kuchlari Gʻazo sektorida falastinliklarni qirgʻin qilyapti”, deyiladi hisobotda.
Komissiya isroil Genotsid Konventsiyasining III moddasida koʻrsatilganidek, genotsidga toʻgʻridan-toʻgʻri va ommaviy daъvat qilgani uchun javobgarligini taъkidlaydi.
"Yahudiy davlati" komissiya bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgan va unining hisobotini noxolis deb atagan.