08.06.2024 07:31

BMT Isroilni "qurolli toʻqnashuv zonalarida bolalarga zarar etkazadigan" davlatlar roʻyxatiga kiritdi

BMT Isroilni "qurolli toʻqnashuv zonalarida bolalarga zarar etkazadigan" davlatlar roʻyxatiga kiritdi

BMT Isroilni "qurolli toʻqnashuv zonalarida bolalarga zarar etkazadigan" davlatlar va tashkilotlarning qora roʻyxatiga kiritishga qaror qildi. Ushbu roʻyxatdan Rossiya va terrorchi tashkilotlari IShID, Al-Qoida va Boko-Haram qoʻporuvchi tashkilotlari ham oʻrin olgan. Ayni paytda Gʻazoda Isroil hujumlari natijasida har 10 daqiqada bir bola halok boʻlmoqda yoki jarohatlanmoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Isroilni "qurolli toʻqnashuv zonalarida bolalarga zarar etkazadigan" davlatlar va tashkilotlarning qora roʻyxatiga kiritishga qaror qildi.

Israel National News xabariga koʻra, BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Isroilning AQShdagi harbiy attashesi general Xedi Silbermanni tashkilot qarori haqida xabardor qilgan.

BMT rahbari generalga Isroil Rossiya va terrorchi tashkilotlari IShID, Al-Qoida va Boko-Haram bilan bir roʻyxatda boʻlishini maʻʻlum qildi.

Isroilning Guterrishni bunday harakatdan voz kechishga koʻndirish urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchragani xabar qilinadi. Kelgusi hafta BMT “qurolli mojaro zonalarida bolalarga zarar etkazuvchi” mamlakatlar va tashkilotlarning yangilangan qora roʻyxatini eʻʻlon qiladi, ular orasida Isroil ham bor.

Taxminlarga koʻra, roʻyxatda Isroil davlatining nomi aniq tilga olinmaydi va BMT vaziyatda aybdor sifatida "Isroil armiyasi" ni belgilaydi.

BMT maʻʻlumotlariga koʻra, Gʻazo sektorida har 10 daqiqada bir bola halok boʻlmoqda yoki jarohatlanmoqda.

Shu bilan birga, Gʻazo sektori hukumati matbuot xizmatining 3 iyunʻ kuni maʻʻlum qilishicha, eksklavdagi 3500 nafar bola ochlik tufayli oʻlim xavfiga duch kelgan.

2023 yil 7 oktyabrdan beri Isroilning Gʻazo sektorida davom etayotgan hujumlari natijasida 36586 falastinlik, jumladan 10171 ayol va kamida 15328 bola halok boʻldi, yana 83074 nafar falastinlik yaralandi.

Mavzuga aloqador