06.05.2025 15:14
110
BMT isroilni* insoniyatga qarshi jinoyatda ayblamoqda
Gʻazoda yuzaga kelgan ogʻir gumanitar inqiroz ortidan BMTning Falastinlik Qochqinlarga Yordam Agentligi (UNRWA) va Falastin Qizil Yarim Oy Jamiyati xalqaro hamjamiyatni Isroilga nisbatan qatъiy choralar koʻrishga chaqirmoqda.
UNRWA maъlumotlariga koʻra, Gʻazodagi koʻplab oilalar kuniga atigi bir martalik ovqat bilan kun oʻtkazishga majbur boʻlayotgan boʻlib, ayrimlar isteъmol qilish xavfli boʻlgan narsalarni ham eyishga majbur qolmoqda. Kasalxonalar haddan tashqari koʻplab yarador va halok boʻlganlar bilan toʻlib ketgan. Dorilar tanqisligi tufayli oddiy ogʻriq qoldiruvchilar ham mavjud emas.
Shuningdek, Falastin Qizil Yarim Oy Jamiyati prezidenti Yunus al-Xatib esa Isroilni insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblab, unga sanktsiyalar qoʻllashni talab qilgan:
“Men doʻstlarim va xodimlarimning bir davlat tomonidan oʻldirilishini koʻrib turolmayman. Isroil bizning ramzlarimiz va xalqaro huquqni mensimayapti. Agar bu ishni boshqa biror davlat qilganida edi, unga allaqachon sanktsiya qoʻyilgan boʻlardi”.
UNRWA vakili oʻzining bayonotida isroilning* Gʻazo sektoriga gumanitar yordam etkazish rejasi xalqaro gumanitar huquq meъyorlariga zid ekanini taъkidlagan. Unga koʻra, bu reja aholining majburiy ichki koʻchirilishiga yoʻnaltirilgan boʻlib, ocharchilikni qurol sifatida ishlatish orqali Gʻazo ichkarisida harbiy natijalarga erishishga urinishdir. UNRWA yordamni siyosiy qarashlardan qatъi nazar adolatli va mustaqil ravishda taqsimlashga intilmoqda. Shuningdek, yordam fraktsiyalar yoki qarshilik harakatlariga etib boryapti degan daъvolar asossiz ekani bildirildi.
https://www.aljazeera.com/news/2025/4/30/gaza-siege-reaches-60th-day-as-us-defends-israel-at-icj