26.07.2025 10:21
146
Bashar Asadni qamash uchun berilgan order bekor qilindi
Frantsiya kassatsiya sudi 2025 yil 25 iyulda Bashar Asadni hibsga olish orderini bekor qildi.
Franceinfo nashriga koʻra, Suriyaning sobiq prezidenti 2013 yil avgustida Sharqiy Guta, Adra va Doumadagi kimyoviy hujumlar bilan bogʻliq insoniyatga qarshi jinoyatlar va harbiy jinoyatlarga sheriklikda ayblangan.
Bashar Asadni hibsga olish orderi 2023 yilning noyabrida chiqarilgan. Biroq prokuratura bu ishni qayta koʻrib chiqishga qaror qilgan. Chunki xalqaro huquq normalariga koʻra, amaldagi davlat rahbarlari, bosh vazirlar va tashqi ishlar vazirlari boshqa mamlakatlar sudlarida jinoiy javobgarlikka tortilishi munozarali holat.
2024 yil iyunь oyida Parij apellyatsiya sudi orderni oʻz kuchida qoldirdi. Ammo hozir Frantsiyaning oliy sudi prokurorning dalillarini qoʻllab-quvvatlagan. Shu bois, Asadga nisbatan hibsga olish orderi haqiqiy emas deb topilgan.