19.02.2024 04:21
BAA banklari Rossiya kompaniyalari va fuqarolari hisoblarini yopmoqda
Ikkilamchi sanktsiyalardan qoʻrqqan Birlashgan Arab Amirliklari banklari Rossiya bilan moliyaviy operatsiyalarni cheklashga qaror qildi va ham kompaniyalar, ham jismoniy shaxslar hisoblarini yopishni boshladi.
Qayd etilishicha, BAAdagi rossiyaliklar oʻrtasida bank operatsiyalari bilan bogʻliq muammolar AQSh tomonidan oʻtgan yilning dekabrʻ oyida Rossiyaga qarshi ikkilamchi sanktsiyalar joriy etilishidan oldinroq boshlangan.
Koʻpgina banklar Rossiyadan toʻlovlarni qabul qilishni toʻxtatdi. Natijada Rossiyadan moliyalashtirilmaydigan va Rossiyaga pul joʻnatmaydigan rossiyalik benefitsiarlari boʻlgan kompaniyalar uchun ham bank operatsiyalarini amalga oshirish qiyinlashdi. Baʻʻzi banklar deyarli har bir operatsiya uchun batafsil hujjatlarni talab qilmoqda va toʻlovlar uzoq vaqt davomida kechiktirilmoqda.
Natijada tadbirkorlar kriptovalyutalardan foydalangan holda moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishni boshladi.
Shunga qaramay, hozirda Rossiya fuqarolari va kompaniyalari BAA banklarida hisob ochishlari mumkin, biroq bu jarayon uzoqroq davom etadi.
Fevralʻ oyida Rossiyaga nisbatan cheklovlar qoʻymagan va Moskva doʻstona deb hisoblaydigan Xitoy banklarida ham ikkilamchi sanktsiyalar tahdidi tufayli Rossiya toʻlovlari bilan bogʻliq qiyinchiliklar qayd etilgan edi.