22.01.2024 16:20

Asirga olingan isroilliklarning yaqinlari Knessetga bostirib kirishdi

HAMAS tomonidan asirga olingan isroilliklarning yaqinlari Isroil parlamenti – Knessetga bostirib kirib, deputatlardan Gʻazodagi mahbuslar ozod etilishi uchun koʻproq choralar koʻrilishini talab qilishdi.

HAMAS tomonidan asirga olingan isroilliklarning qarindoshlari Gʻarbiy Quddusdagi parlament (Knesset) moliya qoʻmitasi yigʻilishiga bostirib kirib, deputatlardan Falastin anklavida qolgan yaqinlarini zudlik bilan ozod qilish choralarini koʻrishni talab qilishdi.

Internetda tarqatilgan kadrlarda mahbuslarning qarindoshlari baqirib, qoʻllarida ​​plakatlar koʻtarib, parlament auditoriyasiga qoʻriqchilarni yorib oʻtishganini koʻrish mumkin.

Koʻpchilik "Ularni (mahbuslarni) qaytarib olib kelinglar" degan yozuvli futbolka kiyib olishgan. Namoyishchilar deputatlardan HAMAS bilan asirlarni almashish boʻyicha yangi kelishuv ustida ish boshlashni talab qilishdi.

“Farzandlarimiz oʻlsa, bu erda oʻtirmaysizlar”, - deya qichqirdi namoyishchilardan biri.

Isroil armiyasi maʻʻlumotlariga koʻra, Gʻazo sektorida 136 nafar isroillik mahbus bor.

Isroil bosh vaziri Benʻyamin Netanyaxu uyi oldida ham mahbuslarning yaqinlari miting oʻtkazib, mahbuslarni ozod qilish uchun chora koʻrishni talab qilmoqda.

Ular hukumatni jamoat xavfsizligini taʻʻminlamaganlikda ayblamoqda.

Mavzuga aloqador