28.03.2025 13:29
Arktika uchun geosiyosiy tortishuv boshlandi
Putin AQShning Grenlandiya ustidan nazorat oʻrnatish harakatlarini jiddiy yondashuv deya baholadi. Bu haqda TRT Global nashri xabar qilmoda.
Uning soʻzlariga koʻra, Grenlandiya masalasi AQSh va Daniya oʻrtasida boʻlsa-da, NATOning Arktikadagi faolligi Rossiya xavfsizligiga tahdid solmoqda.
Shuningdek, Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga qoʻshilishi orqali alьyansning mintaqaviy pozitsiyasini mustahkamlayotgani ham Moskva tomonidan jiddiy qabul qilinmoqda.
"Biz vaziyatni diqqat bilan kuzatyapmiz, harbiy salohiyatni oshiryapmiz va infratuzilmani modernizatsiya qilyapmiz", dedi Putin.
Tahlilchilarga koʻra, Arktika tabiiy resurslar, strategik yoʻllar va harbiy ustunlik uchun yirik davlatlar oʻrtasidagi raqobat markaziga aylanmoqda.