05.03.2025 08:33
298

Arab davlatlari Gʻazoni qayta qurish boʻyicha Misr rejasini qabul qildi

Kecha, 4 mart kuni Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi raisligida Falastin davlati iltimosiga binoan favqulodda arab sammiti boʻlib oʻtdi. Sammit ishtirokchilari Misr tomonidan tayyorlangan Gʻazoni qayta qurish rejasi va yakuniy deklaratsiyani bir ovozdan qabul qildi. 

Prezident matbuot kotibi Muhammad Shennaviyning aytishicha, sammit chogʻida arab etakchilari falastinliklarni qoʻllab-quvvatlash yoʻllarini muhokama qilgan. Ular falastinliklarni oʻz erlaridan quvib chiqarish yoki bosqinchilarning Falastinni tugatish istagini mutlaqo rad etgan.

Sammitda, shuningdek, Gʻazo sektorini uning aholisini koʻchirmasdan qayta qurish boʻyicha Misr rejasi muhokama qilingan va tasdiqlangan.

Mavzuga aloqador