11.07.2024 08:57
675
Ar-Riyod Rossiya aktivlari musodara qilinishiga qarshi chiqdi
Saudiya Arabistoni G7 davlatlari muzlatilgan Rossiya aktivlarining qariyb 300 milliard dollarini musodara qilsa, oʻzining Evropadagi obligatsiyalarining bir qismini sotishi mumkinligiga ishora qildi, deb xabar beradi Bloomberg.
Agentlik manbalarining qayd etishicha, “Katta ettilik” davlatlari dastlab Belʻgiya va AQShdagi depozitariylarda saqlanayotgan Rossiya aktivlarini toʻliq musodara qilishni rejalashtirgan. Biroq Saudiya Arabistoni kutilmaganda Rossiyani himoya qilib chiqqan.
Unga koʻra, Qirollik Moliya vazirligi Ukrainaga yordam berishga qaratilgan musodaradan noroziligini bildirgan. Bundan tashqari, Ar-Riyod, agar Evropa Ittifoqi musodara qilishga rozi boʻlsa, Evropa obligatsiyalarini sotish bilan tahdid qildi.
Saudiya Arabistoni evro va frantsuz obligatsiyalariga katta miqdorda sarmoya kiritgan. Qarz majburiyatlarini rad etish qisqa muddatda evro kursini qulashiga sabab boʻlishi mumkin.
Biroq Bloomberg maqolasida qayd etilishicha, Saudiya Arabistoni sarmoyasining oʻzi Evropa siyosatini oʻzgartirish uchun etarli boʻlmasligi mumkin, ammo boshqa davlatlar ham Ar-Riyodga ergashsa, vaziyat oʻzgarishi aniq.
Bloomberg, shuningdek, Ar-Riyodda qimmatli qogʻozlar bozorini butunlay beqarorlashtirish uchun hali ham etarlicha Evropa obligatsiyalari yoʻqligini taʻʻkidlaydi. Biroq Evropa rasmiylari Xitoy yoki Qatar kabi boshqa davlatlar Ar-Riyod misolidan ilhom olib, oʻz aktivlaridan voz kechishni boshlasa, domino effekti yuzaga kelishi mumkinligidan xavotir bildirdi. Bunday stsenariy Rossiyaga qarshi sanktsiyalar natijasida murakkablashgan Evropaning iqtisodiy muammolarini yanada kuchaytirishi mumkin.