AQShda senator korruptsiyada aybdor deb topildi
AQSh Senatining 70 yoshli aʻʻzosi Bob Menendez poraxoʻrlik, tovlamachilik, firibgarlik, adolatga toʻsqinlik qilish va chet el agenti sifatida faoliyat yuritish kabi 16 moddada aybdor deb topildi. Tintuv chogʻida undan va rafiqasi Nadine Arslanyandan 500 ming dollarga yaqin naqd pul, tilla quymalari, qimmatbaho mashinalar va mebellar olib qoʻyildi. Senator Misrga AQShning maxfiy maʻʻlumotlarini sotganlikda ham ayblanmoqda.
Nyu-Jersi
shtatidan senator Bob Menendez seshanba kuni Manxetten federal sudʻyasi tomonidan
korruptsiyada aybdor deb topildi, deya xabar
qildi “Amerika ovozi”. 70 yoshli Menendez 16 ta ayblov, jumladan pora olish,
chet el agenti sifatida faoliyat yuritish va adolatga toʻsqinlik qilish boʻyicha aybini
tan olmadi.
Senatorni
20 yilgacha qamoq jazosi kutmoqda, biroq u qaror ustidan shikoyat qilishi mumkin.
AQSh
Senatidagi koʻpchilik etakchisi Chak Shumer senatorni Menendezga hukm chiqarilganidan
soʻng uni isteʻʻfoga chiqishga chaqirdi.
"Bu ishonchni
hisobga olgan holda, senator Menendez endi oʻz saylovchilari, Senat va
mamlakatimiz uchun toʻgʻri ish qilishi va isteʻʻfoga chiqishi kerak", - dedi
Shumer.
Eslatib oʻtamiz, Gretsiya va Armaniston manfaatlarini lobbi
qilish va Turkiyaga qarshi tashabbuslar muallifi sifatida tanilgan Demokratik
partiyadan amerikalik senator Robert Menendez xorijiy davlatga “oʻta nozik”
maʻʻlumotlarni uzatganlikda gumon qilingan edi.
Menendez “rasmiy mavqeidan” foydalangan holda Misrga “maxfiy AQSh hukumati
maʻʻlumotlarini” bermoqchi boʻlgan.
Tintuv chogʻida undan va rafiqasi Nadine Arslanyandan 500 ming
dollarga yaqin naqd pul, tilla quymalari, qimmatbaho mashinalar va mebellar olib
qoʻyildi.