12.04.2025 08:29
147

AQSh Ukrainaga yanada qattiqroq shartlarni qoʻydi

The New York Times nashrining xabar berishicha, AQSh va Ukraina kamyob metallar boʻyicha kelishuvga erishish uchun muzokara olib bormoqda.


Manbaga koʻra, Vashington Kievdan resurslarni ishlab chiqishdan olinadigan daromadlarning yarmisini AQSh nazoratidagi maxsus investitsiya fondiga oʻtkazishni talab qilmoqda.


Bundan tashqari, AQSh ushbu fond orqali barcha foydani oladi va bu tartib Kiev Vashingtondan urush davrida olgan barcha moliyaviy yordamni, ustiga 4 foiz yillik stavka bilan, toʻliq qaytarib bermaguncha davom etadi.


Shu bilan birga, AQSh yangi loyihalarda birinchi navbatda taklif berish huquqiga ega boʻladi va Ukraina oʻz resurslarini boshqa mamlakatlarga sotishni istasa, Vashington bunga veto qoʻyish imkoniyatiga ega boʻladi, deyiladi xabarda.

Mavzuga aloqador