02.12.2024 10:57
773
AQSh prezidenti oʻz vakolatidan foydalanib, oʻgʻlini afv etdi
AQSh prezidenti Jo Bayden avvalgi vaʻʻdasidan farqli ravishda, soliq toʻlashdan boʻyin tovlash va qurolga egalik qilish bilan bogʻliq qonunlarni buzganlikda ayblangan oʻgʻli Xanter Baydenni afv etdi.
Oq uy rahbari yozma bayonotida Amerika jamoatchiligiga afv etish vakolatidan foydalanishga qaror qilgani sabablarini tushuntirdi.
Amerika etakchisi oʻz lavozimining birinchi kunidanoq AQSh Adliya vazirligi tomonidan qaror qabul qilish jarayoniga aralashmasligini aytganini va oʻz soʻzida turishga harakat qilganini, biroq respublikachilar jarayonni unga qarshi “siyosiylashtirganini” esladi.
“Bugun oʻgʻlim Xanterni afv etish toʻgʻrisida imzo chekdim. Oʻz lavozimimning birinchi kunidanoq AQSh Adliya vazirligi qarorlari qabul qilinishiga aralashmasligimni aytdim. Oʻgʻlimning nohaq quvgʻinga uchraganini koʻrganimda ham soʻzimda turdim. Xanterni yoʻq qilishga urinib, meni yoʻq qilmoqchi boʻlishdi. Etar!”, - deb taʻʻkidladi prezident.
Baydenning soʻzlariga koʻra, AQSh Kongressidagi respublikachilar unga qarshi ishni qoʻllash uchun qoʻllaridan kelganini qilishdi va adolat doirasidan tashqariga chiqishdi. Xanter Baydenga qarshi ish "siyosiy qasos" quroliga aylandi, dedi prezident.
“Umid qilamanki, amerikaliklar ota va prezident nima uchun bunday qarorga kelganini tushunishadi”, - dedi Bayden.
AQSh Adliya vazirligi tomonidan Xanter Baydenga qoʻyilgan ayblovlarni tekshirish uchun tayinlangan maxsus prokuror Devid Vayss idorasi prezidentning oʻgʻlini Kaliforniyada 1,4 million dollar soliq toʻlashdan boʻyin tovlaganlikda ayblagan edi.
Ayblov xulosasiga koʻra, Xanter Bayden 2016 yildan 2019 yilgacha kamida 1,4 million dollarlik federal soliqlarni toʻlamaslikni va 2018 yil uchun soliqlarni toʻlamaslik uchun soxta deklaratsiyalar topshirgan.
Bayden soliqlarni oʻz vaqtida toʻlash oʻrniga pullarini hashamatli mehmonxonalar, qimmatbaho mashinalar, giyohvand moddalar va fohishalarga sarflaganlikda ayblanmoqda.
AQShning saylangan prezidenti Donalʻd Tramp Xanter Baydenning avf etilishini suiisteʻʻmollik va adolatni buzish deb atadi.
AQSh Kongressidagi respublikachilar Xanter Baydenni otasining siyosiy mavqeidan xorijdagi biznes bitimlaridan foyda olish uchun foydalangani uchun, Adliya vazirligi esa 54 yoshli kichik Baydenga nisbatan soliq jinoyatlari boʻyicha tergovni notoʻgʻri sekinlashtirgani uchun tanqid qilmoqda. Bayden oʻziga qarshi barcha ayblovlarni rad etdi.
AQSh prezidentining oʻgʻli 11 iyunʻ kuni sud tomonidan qurol-yarogʻ qoidalarini buzishda ham aybdor deb topilgandi.
Bu qaror birinchi marta prezidentning yaqin qarindoshi otasi prezidentlik davrida jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topilgan holat boʻldi.