28.03.2025 20:07

AQSh Oʻzbekistondagi baъzi loyihalarni moliyalashtirishni toʻxtatdi

AQSh Mehnat vazirligi Oʻzbekistonning paxta sanoatida shaffoflik va hisobdorlikni oshirishga qaratilgan loyihani moliyalashtirishni bekor qildi. Bu haqda AQSh rasmiysi oʻzining X tarmogʻidagi sahifasida maъlum qildi. 


Vazir Lori Chaves-Deremerning soʻzlariga koʻra, Oq uy rahbarining koʻrsatmasi bilan umumiy qiymati 38 million dollardan ortiq boʻlgan bir nechta xalqaro grantlar toʻxtatilgan. 


Ushbu mablagʻlar Oʻzbekistondan tashqari, Braziliya, Kolumbiya, Indoneziya, Gvatemala va Kongo Demokratik Respublikasidagi loyihalarga ham ajratilgan edi.


Oʻzbekiston loyihasi 2022 yilda ishga tushgan boʻlib, shu kungacha qishloq xoʻjaligiga 2 mln. dollar grant ajratilgan. Joriy yilda yana 1 mln. dollar yoʻnaltirilishi rejalashtirilgan edi.

Mavzuga aloqador