06.02.2025 17:40
326
AQSh ortidan Isroil ham BMT Inson huquqlari kengashidan chiqdi
Isroil rasman BMT Inson huquqlari kengashidan chiqdi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Gideon Saar maʻʻlum qildi.
Uning taʻʻkidlashicha, Kengash inson huquqlarini poymol qiluvchi davlatlarga himoya berayotgan bir paytda, Isroilga qarshi bir tomonlama pozitsiyani egallab kelmoqda.
HRC (Inson huquqlari kengashi) Isroilga nisbatan adolatsiz munosabatda boʻlmoqda, deya taʻʻkidladi Saar. Uning soʻzlariga koʻra, Kengash Isroilni qoralovchi 100 dan ortiq rezolyutsiya qabul qilgan, bu esa Eron, Kuba, Shimoliy Koreya va Venesuelaga qarshi qabul qilingan rezolyutsiyalarning umumiy sonidan ham koʻp.
Isroil rasmiylari BMT Kengashini antisemitizmni targʻib qilishda aybladi.
Isroilning bu qarori Donald Trampning AQShni BMT Inson huquqlari kengashidan chiqarish haqidagi farmonidan bir kun keyin qabul qilindi.
Eslatib oʻtamiz, AQSh 2018 yilda ham, Tramp prezidentligi davrida Inson huquqlari kengashidan chiqqan edi.