21.01.2024 12:48

Afgʻonistonda Toshkent orqali uchgan Rossiya samolyoti halokatga uchradi

Afgʻoniston hududida Gaya (Hindiston) – Toshkent (Oʻzbekiston) – Jukovskiy (Rossiya) yoʻnalishi boʻyicha uchgan charter tez yordam reysi halokatga uchradi. Bortidagi 6 kishining halok boʻlgani aytilmoqda.  

Afgʻonistonda Moskvaga charter reysini amalga oshirayotgan samolyot radarlardan gʻoyib boʻldi. Bu haqda Rossiya OAVlari Havo transporti federal agentligiga tayanib xabar berdi.

Hodisa 20 yanvarʻ kuni kechqurun mamlakat shimoli-sharqida sodir boʻlgan.

Falcon 10 samolyoti Tojikiston chegarasi yaqinida aloqani toʻxtatdi va radar ekranlaridan gʻoyib boʻldi.

Dastlabki maʻʻlumotlarga koʻra, bortda olti kishi — toʻrt nafar ekipaj aʻʻzosi va ikki yoʻlovchi boʻlgan.

Federal havo transporti agentligining aniqlik kiritishicha, samolyot Rossiyaning Athletic Group kompaniyasi va xususiy shaxsga tegishli.

Samolyot Gaya (Hindiston) – Toshkent (Oʻzbekiston) – Jukovskiy (Rossiya) yoʻnalishi boʻyicha charter tez yordam reysini amalga oshirayotgan edi.

Samolyot halokatiga, dastlabki maʻʻlumotlarga koʻra, ikkita dvigatelning nosozligi sabab boʻlgan, deya xabar beradi favqulodda xizmatlar.

Mavzuga aloqador