13.10.2025 11:05
93

Afgʻoniston hukumati vakili 58 Pokiston harbiysi yoʻq qilinganini aytdi


Afgʻoniston hukumati rasmiy vakili Zabihulloh Mujohidning maъlum qilishicha, 12 okyabrga oʻtar kechasi oʻtkazilgan operatsiyada 58 nafar pokistonlik harbiy halok boʻlgan va ulardan 30 nafari jarohatlangan. Shuningdek, 20 ta Pokiston xavfsizlik posti vayron qilingan.

Mujohidning qoʻshimcha qilishicha, Dyurand chizigʻi boʻylab oʻtkazilgan qasos operatsiyalari davomida qurol-yarogʻlar ham qoʻlga kiritilgan. Toʻqnashuvlar paytida 9 nafar afgʻon harbiysi halok boʻlgan va 16 nafari jarohatlangan.

Operatsiya tun yarimida Qatar va Saudiya Arabistonining iltimoslari asosida toʻxtatilgan.

Mavzuga aloqador