31.05.2024 14:31

30 milliondan ortiq odam Gʻazo qirgʻiniga qarshi namoyishga chiqdi



Sportchilar, taniqli shaxslar va taʻʻsir oʻtkazuvchilar butun dunyo boʻylab 30 milliondan ortiq odamlarga qoʻshilib, Gʻazodagi Isroil qirgʻiniga va ommaviy axborot vositalarining Isroilga nisbatan har qanday tanqidini tsenzura qilishiga norozilik bildirish uchun sunʻʻiy zako tomonidan yaratilgan tasvirni Instagram ijtimoiy tarmogʻida ulashdi.

“Ehtimol, bu platformaning avtomatik moderatsiyasini chetlab oʻtayotgan boʻlishi mumkin, chunki u sunʻʻiy zako tomonidan yaratilgan tasvir va bu borada xavfli yoki bahsli hech narsa yoʻq”, dedi Mett Navarra, ijtimoiy media maslahatchisi va soha tahlilchisi NBC News’ga.

Feysbuk va Instagram ijtimoiy tarmogʻiga egalik qiluvchi Meta falastinlik jurnalistlar tomonidan Isroilning Gʻazodagi qirgʻinini yoritgan videolarni olib tashlashda ayblangan edi. Instagram vakili shiddatli va grafik tabiati tufayli kompaniya baʻʻzi kontentni olib tashlaganini tan oldi.

Soʻnggi bir necha oy ichida "Save the Children", «Oxfam», "Amerikaliklar Falastinda Adolat uchun", "Yahudiylarning tinchlik uchun ovozi" va "Falastin birdamlik kampaniyasi" kabi koʻplab tashkilotlar tomonidan Isroilning bosqiniga qarshi norozilik bildirish uchun "Barcha koʻz Rafahda" shiori ishlatilgan.

Mavzuga aloqador