145-kun: Gʻazodagi asosiy voqealar dayjesti
Isroilning Gʻazo sektori va Iordan daryosining gʻarbiy sohilida olib borayotgan urush jinoyatlari boshlanganiga 145 kun boʻldi. Kunning asosiy voqealari dayjesti.
▪️ Bosqinchilar
Gʻazoning Xon Yunis, Rafah va Dayr al-Balahsiy shaharlariga hujum qildi. Oxirgi
24 soat ichida 96 kishi halok boʻldi, 172 kishi yaralandi.
▪️ 7 oktyabrdan buyon Isroil hujumlari natijasida halok boʻlgan
falastinliklar soni 29 878
kishiga, yaralanganlar soni esa 70 215 nafarga etdi.
▪️ Gʻazo
Sogʻliqni saqlash vazirligi: Gʻazo shimolidagi Kamol Advan kasalxonasiga yotqizilgan 2 nafar bola ochlikdan vafot etdi.
▪️ Gʻarbiy
Sohilda ishgʻolchilar Hebron, Nablus, Ramallah va Jeninga bostirib kirib, oʻnlab
yoshlarni, jumladan 3 nafar bolani hibsga oldi. Jenin qarshilik kuchlari qarshi zarba berib,
ishgʻolchilarga jarohat etkazdi va ishgʻol jihozlarini yoʻq qildi.
▪️ Rossiya BMT
Xavfsizlik Kengashida Isroilni Gʻazo sektoriga yordam oqimiga toʻsiqlar yaratishda
aybladi.
▪️ Livan
Hizbullohi «Meron» harbiy ishgʻol bazasiga keng miqyosli hujum qildi. Hujum vaqtida Bosh shtab boshligʻi bazada boʻlgan.
▪️ Qarshilik
jangchilari Zaytun
hududidagi Givati batalʻonining ikki rota komandirini yoʻq qilishdi. 12 dan
ortiq odam yaralangan.
▪️ Al-Quds
brigadalari: Biz Ashkelon va Gʻazo sektori atrofidagi aholi punktlariga zarbalar
berdik.
▪️ “Axios”: AQSh prezidenti Bayden
maʻʻmuriyati Isroilga Amerika qurollaridan foydalanganda xalqaro qonunlarga rioya
qilish majburiyatini olgan xatni imzolash uchun muddat berdi. Agar Isroil
belgilangan muddatgacha kafolat bermasa, qurol etkazib berish toʻxtatiladi.
▪️ Qatar
amiri: Dunyo genotsidga guvoh boʻlmoqda va xalqaro hamjamiyat hali ham Gʻazoning
tinch aholisini himoya qila olmayapti.