144-kun: Gʻazodagi asosiy voqealar dayjesti
Isroilning Gʻazo sektori va Iordan daryosining gʻarbiy sohilida olib borayotgan urush jinoyatlari boshlanganiga 144 kun boʻldi. Falastin, Yaman va Livanda sodir boʻlgan kunning asosiy voqealari dayjesti.
Isroilning
Gʻazo sektori va Iordan daryosining gʻarbiy sohilida olib borayotgan urush
jinoyatlari boshlanganiga 144 kun boʻldi. Kunning asosiy voqealari dayjesti.
▪️ 24
soat davomida Isroil bosqinchilari Gʻazo sektori markazi, Zaytun va Rafax
hududlariga hujumlarni amalga oshirdi. Kun davomida 90 kishi halok boʻldi,
164 kishi jarohat oldi.
▪️ 7 oktyabrdan
buyon Isroil hujumlari natijasida halok boʻlgan falastinliklar soni 29 782
kishiga, yaralanganlar soni esa
70 043 nafarga etdi.
▪️ Iordan
daryosining gʻarbiy sohilida ishgʻolchilar Nablus, Ramallah, Xebron, Tubasga
bostirib kirdi. Bosqinchilar
uch nafar yosh falastinlikni oʻldirdi. Shuningdek, hibsga olinganlar, jumladan,
voyaga etmaganlar ham bor.
▪️ YuNRVA
rahbari: Gʻazo shimolidagi odamlar anklav shimolida oziq-ovqat etishmasligi tufayli
ochlikdan oʻlishdan qoʻrqib, janubga koʻchib oʻtish orqali oʻz hayotlarini xavf ostiga
qoʻyishmoqda.
▪️ Bayden:
Falastinliklar oʻlimi soni ortib boraversa, Isroil butun dunyo boʻylab yordamini
yoʻqotish xavfi bor.
▪️ HAMAS:
Bayden maʻʻmuriyati Gʻazo aholisining genotsidiga qarshi chiqib, Oq uy qarshisila
oʻzini yoqib yuborgan amerikalik uchuvchi Aaron Bushnelning oʻlimi uchun javobgardir.
▪️ Bugun
BMT Xavfsizlik Kengashi Gʻazodagi ocharchilik bilan bogʻliq Shveytsariya va Gayana
talabiga binoan yigʻilish oʻtkazadi.
▪️ Xusiylar dengiz ostidan Isroilga yotqizilgan toʻrtta suv
osti optik tolali telekommunikatsiya kabelini yoʻq qildi.
▪️Livan Hizbullohi Al-Marj atrofidagi Jalilaga 40 ta raketa
zarbasi berdi va Golan diviziyasining shtab-kvartirasini bombardimon qildi.
▪️ Human
Rights Watch va Amnesty International Isroil Xalqaro
sudning Gʻazoda genotsidning oldini olish uchun zudlik bilan va samarali choralar
koʻrish toʻgʻrisidagi qaroriga amal qilmayotganini bildirdi.
▪️ Al-Qassam
brigadalari: Biz sektorning janubi-sharqidagi bosqinchilar guruhlarini yoʻq
qilishga, Raim aholi punktiga zarba berishga va Zaytun hududidagi harbiy
texnikani yoʻq qilishga muvaffaq boʻldik.