Eʻʻtikofga oid savol-javoblar
Eʻʻtikof qanday amal, nafl va taʻʻkidlangan eʻʻtikofning farqi nimada, erkaklar ham uyda eʻʻtikof oʻtirsa boʻladimi, ayollar eʻʻtikofni qanday ado etadilar, ayol kishi eʻʻtikof oʻtirgan chogʻida eri bilan yaqinlik qilsa, nima boʻladi – eʻʻtikofga oid savol-javoblar.
Savol: eʻʻtikof qanday amal hisoblanadi?
Javob: Ramazon oyining oxirgi oʻn kunligida har bir
masjid ahliga eʻʻtikof oʻtirish sunnati muakkadadir (taʻʻkidlangan sunnatdir).
Eʻʻtikofning misoli jamoat bilan taroveh namoziga qoim
boʻlishdir. Agar kimdir unga qatnashsa, boshqalardan masʻʻuliyati soqit boʻladi.
Savol: nafl eʻʻtikofning eng oz miqdori qancha?
Javob: nafl eʻʻtikofning eng ozi kechasi yoki kunduzi
boʻlsin, masjidda biroz muddat oʻtirishdir.
Imom Muhammad rahmatullohi alayhning nazdida eʻʻtikofning eng
oz miqdori kecha va kunduzdan biroz vaqtdir. Bu Abu Hanifa rahmatullohi alayhdan
ham rivoyat qilingan.
Savol: taʻʻkidlangan sunnatni ado qilish uchun necha kun
eʻʻtikof oʻtirish zarur?
Javob: oxirgi oʻn kunlikda eʻʻtikof oʻtirish taʻʻkidlangan
sunnatdir. Bir-ikki kun oʻtirish esa nafl boʻladi.
Savol: eʻʻtikofga qachondan boshlab kiriladi?
Javob: eʻʻtikof oʻtirmoqchi boʻlgan odam quyosh botmasidan
avval masjidga kirib, eʻʻtikof oʻtirishni niyat qiladi.
Savol: Ramazondan boshqa oyda ham eʻʻtikof oʻtirsa
boʻladimi?
Javob: albatta, Ramazondan boshqa oyda ham nafl
eʻʻtikof yoki nazr eʻʻtikoflarni ado qilsa boʻladi. Lekin nazr eʻʻtikoflar uchun ham,
(bir qavlda kamida bir kunlik) nafl eʻʻtikof uchun ham roʻzador boʻlish shartdir.
Shuningdek, eʻʻtikofning qazosini ado qilayotganda ham roʻzador boʻlish shartdir.
Savol: ayollar eʻʻtikofni qanday ado etadilar?
Javob: ayol kishi oʻz uyining bir joyini namoz oʻqish uchun
tayin qilib, oʻsha joyda eʻʻtikof oʻtiradi. Bu bilan jamoat masjidida eʻʻtikof
oʻtirganning savobini oladi. Tabiiy ehtiyojlari uchungina tashqariga chiqishlari
mumkin, boshqa holatlarda esa chiqish mumkin emas.
Savol: juma namozi oʻqilmaydigan masjidda ham eʻʻtikof
oʻtirsa boʻladimi?
Javob: boʻladi. Juma namozini oʻqish uchun esa juma
namozi oʻqiladigan masjidga borishi mumkin. Eʻʻtikof oʻtiruvchi juma namozini oʻqish
uchun bormoqchi boʻlgan masjidiga quyosh tikkadan oqqandan soʻng yoʻlga chiqadigan
boʻlsayu xutba va juma namoziga kech qolmaydigan darajada yaqin boʻlsa, quyosh
tikkadan oqqandan soʻng yoʻlga chiqadi. Agar boradigan masjidi kech qolarli
masofada joylashgan boʻlsa, quyoshning tikkadan ogʻishini kutib turmaydi. Lekin
ikkinchi azondan oldin, toʻrt rakʻʻat sunnatni oʻqiy oladigan miqdordagi vaqtni
moʻljallab yoʻlga chiqishi kerak. Masjidda farzdan keyin (farzdan keyingi sunnatni
toʻrt rakʻʻat, deganlarning fikriga koʻra) toʻrt yoki (farzdan keyingi sunnatni olti
rakʻʻat, deganlarning fikriga koʻra) olti rakʻʻat namoz oʻqish miqdoricha qolishi
mumkin.
Savol: eʻʻtikof oʻtiruvchi qaysi holatlarda masjiddan
chiqishi mumkin?
Javob: eʻʻtikof oʻtiruvchiga bavl qilish, qazoi hojat
qilish, ehtilom boʻlib qolsa gʻusl qilish (masjidda gʻusl qilish mumkin emas) kabi
insonning tabiiy hojatlaridan, iyd namozlari va azon kabi sharʻʻiy uzrlardan
boshqa holatlarda masjiddan tashqariga chiqish mumkin emas. Yuqoridagidek tabiiy va
sharʻʻiy uzrlarsiz ozgina vaqtga tashqariga chiqishi bilan ham eʻʻtikofi buziladi.
Savol: eʻʻtikofini unutib, masjiddan chiqib ketishning
hukmi nima?
Javob: eʻʻtikofi buziladi. Garchi esidan chiqib, uzrsiz,
oz muddatga tashqariga chiqsa ham eʻʻtikof fasod boʻladi.
Savol: eʻʻtikof oʻtiruvchi salqinlash maqsadida gʻusl uchun
masjiddan tashqariga chiqsa boʻladimi?
Javob: joiz emas. Lekin namoz uchun tahoratga chiqqan
paytda gʻusl qilib olsa boʻladi.
Savol: buzilgan eʻʻtikofning qazosi vojibmi?
Javob: vojib eʻʻtikofni buzib qoʻysa, roʻzador boʻlgan
holda uning qazosi ham vojibdir. Qazosini Ramazon oyidan boshqa oylarda ado
qiladi. Hanafiy mazhabida roʻzador boʻlish eʻʻtikofning shartlaridan biridir.
Savol: erkaklar ham uyda eʻʻtikof oʻtirsa boʻladimi?
Javob: eʻʻtikofning shartlaridan biri – uning azon va
iqoma aytilib namoz oʻqiladigan jamoat masjidida boʻlishidir. Shu nuqtai nazardan
erkaklarning uyda eʻʻtikof oʻtirishlari joiz emas.
Savol: taʻʻkidlangan sunnat eʻʻtikofiga oʻtirish uchun
masjidga qachon kirib, qachon chiqiladi?
Javob: yigirmanchi taroveh oʻqiladigan kecha quyosh
botishidan avval masjidga kirib, Ramazonning oxirgi kuni quyosh botganidan soʻng
chiqadi.
Savol: bir necha kun eʻʻtikof oʻtirishni nazr qilgan
kishining hukmi nima?
Javob: necha kun oʻtirishni niyat qilgan boʻlsa, shuncha kun
eʻʻtikof oʻtirishi, roʻzador boʻlishi, kunduzlari bilan birga tunlari ham oʻtirishi
vojib sanaladi.
Savol: ayol kishi eʻʻtikof oʻtirgan chogʻida eri bilan
yaqinlik qilsa, nima boʻladi?
Javob: eʻʻtikofi buziladi. Kechasi yo kunduzi, esida
turib yo esidan chiqarib yaqinlik qilib qoʻysa, maniy tushsin yo tushmasin, eʻʻtikof
buziladi. Zero, tun eʻʻtikof oʻtirishning paytidir. Roʻzada esa bunday emas.
Savol: eʻʻtikof oʻtiruvchi qorni dam boʻlgani tufayli
masjidda el chiqarishi mumkinmi?
Javob: masjidning ichida el chiqarish tahrimiy
makruhdir. Eʻʻtikofdagi odam qorni dam boʻlishi tufayli el chiqarmoqchi boʻlsa,
tashqariga chiqib el chiqaradi va bu bilan eʻʻtikofiga zarar etmaydi. Zero,
masjidda el chiqarish bilan odamlar ozorlanganidek, farishtalar ham ozorlanadi.
Savol: ayol kishi oxirgi oʻn kunning eʻʻtikofidaligida
hayz qonini koʻrsa, nima qiladi?
Javob: eʻʻtikofdan chiqadi. Keyinchalik roʻzador holatda
bir kun eʻʻtikofning qazosini oʻtaydi. Qolgan kunlarning ham eʻʻtikofini oʻtirsa
afzaldir. Eʻʻtikof holatida hayz koʻrgan ayolning eʻʻtikofi buziladi.
Savol: sunnat boʻlgan eʻʻtikofda oʻtirgan kishi juma
namozi yoki salqinlash maqsadida gʻusl qilish uchun masjidning gʻuslxonasiga chiqishi
joizmi?
Javob: xonaqohda boʻlmay, masjid hududida joylashgan
gʻuslxonaga juma namozi yoki salqinlash uchun gʻusl qilishga chiqish joiz emas.
"Moʻminning qalqoni" kitobidan