Afgʻoniston janubidagi Qandahor viloyatida erta tongda sodir etilgan xudkushlik hujumi qurbonlari soni 26 kishiga etdi.

BBC`ning viloyatdagi Mirvays kasalxonasi xodimiga tayanib xabar berishicha, halok boʻlganlar soni 26 kishidan oshgan, jarohatlanganlar soni esa 50 nafar.

Hujum ertalab soat 08.00 atrofida Kobul Bankning Qandahor filialida xudkush terrorchi tomonidan amalga oshirilgan.

Hozircha hech kim hujum uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olmadi.

Afgʻoniston matbuotiga koʻra, terakt davlat xizmatchilari maosh olish uchun navbatda turgan vaqtda sodir boʻlgan.

Tolibon 2021 yil avgust oyida Afgʻonistonda nazoratni qoʻlga kiritganidan beri mamlakatda xavfsizlik borasida erishilgan yutuqlarga qaramay, vaqti-vaqti bilan halokatli teraktlar amalga oshirilmoqda. Shia hazoralariga qarshi qaratilgan hujumlarning aksariyati uchun javobgarlikni IShID terroristik tashkiloti oʻz zimmasiga olgan.

Mavzuga aloqador