Garchi Evropa Ittifoqi Sharqiy Evropadagi aʻʻzo davlatlar yoki Turkiya kabi aʻʻzolikka ariza bergan davlatlarga tez-tez demokratiya haqida ogohlantirishlar bersa-da, Evropa Ittifoqi institutlarining oʻzi “demokratik defitsit” muammosidan aziyat chekmoqda.

Parij istiqbol tadqiqotlari markazi (PARC) direktori Dr. Nevzet Chelik anketa maʻʻlumotlaridan foydalanib, Gʻarbda demokratiyaga ishonchning zaiflashgani haqida yozdi.

***

Oʻtgan oy Institut Public de Sondage d'Opinion Secteur (Ipsos) tomonidan chop etilgan va Angliya, Frantsiya, Italiya, Shvetsiya, Polsha, Xorvatiya va Amerika Qoʻshma Shtatlarida (AQSh) oʻtkazilgan "Demokratiya holati" soʻrovi shuni koʻrsatadiki, Gʻarb jamiyatlarida demokratiyaga norozilik har qachongidan ham ortganini koʻrsatdi[1]. Soʻrovda qatnashgan barcha mamlakatlardagi odamlarning qariyb yarmi oʻz mamlakatlaridagi ovoz berish, hokimiyat taqsimoti, siyosat funktsionalligi va daromadlarni taqsimlash kabi masalalarda demokratiyaning ishlamasligidan norozi.

Soʻrovnomalar nima deydi?

Ishtirokchilarning fikricha, oxirgi 5 yil ichida bu mamlakatlarda demokratiya faoliyati asta-sekin yomonlashgan. Xususan, AQSh va Frantsiyada har 10 kishidan 7 nafari soʻnggi yillarda demokratiya yomonlashganini aytadi. Misol uchun, soʻnggi 5 yil ichida demokratiya yomonlashdi, deb hisoblaydigan frantsuzlar ulushi rekord darajada yuqori – 73 foiz. Soʻrovning yana bir diqqatga sazovor tomoni shundaki, barcha mamlakatlarda odamlar hozirgi siyosiy tizimni yaxshilash uchun tub oʻzgarishlar zarur, deb hisoblaydilar.

Xuddi shu soʻrovnomada “Mamlakatingizda demokratiya faoliyatidan qanchalik qoniqasiz?” degan savolga berilgan javoblarda; Britaniyaliklarning atigi 28 foizi, italiyaliklarning 24 foizi va frantsuzlarning 29 foizi vaziyatdan qoniqish hosil qilgan.

Bundan tashqari, soʻrovda qatnashgan barcha Gʻarb mamlakatlarida odamlar iqtisodiyot va moliyaviy tizim boy va kuchlilar uchun soxtalashtirilgan, deb hisoblashadi. Bu koʻrsatkich Italiyada 72 foiz, Buyuk Britaniyada 71 foiz, Frantsiyada 69 foiz, AQShda 67 foizni tashkil etadi. Yaʻʻni odamlar oʻz davlatlaridagi hukumat va davlat rahbarlari boy va qudratlilarning manfaatlarini koʻproq eʻʻtiborga olishadi, deb hisoblaydilar.

“Evropaliklar va ularning qadriyatlari: individualizm va individuallashuv oʻrtasida” nomli tadqiqotda evropaliklarning faqat uchdan bir qismi oʻz mamlakatlari demokratik tarzda boshqariladi, deb hisoblaydi va faqat 20 foizi siyosiy tizim faoliyatidan qoniqish hosil qiladi[2]. King's College London Politika Instituti tomonidan olib borilgan yana bir tadqiqot shuni koʻrsatadiki, Birlashgan Qirollikdagi odamlarning katta qismi mamlakatdagi siyosat ularning manfaatlariga xizmat qilmaydi, deb oʻylaydi[3]. Mamlakat siyosiy tizimdan qoniqish darajasi boʻyicha xalqaro reytinglarda past oʻrinlarda turadi. Buyuk Britaniya aholisining atigi 17 foizi mamlakatning siyosiy tizimidan "oʻta mamnun ekanini" aytdi. Hukumat oʻrniga ekspertlar tomonidan siyosiy qarorlar qabul qilish gʻoyasi ham rekord darajada qoʻllab-quvvatlanadi. Tadqiqot shuni koʻrsatadiki, mamlakatda yashovchi odamlar demokratiyani nazariy jihatdan yaxshi tizim deb bilishadi, ammo aksariyati Buyuk Britaniyada demokratiyaning yuqori darajasiga ishonmaydi.

Yana 2023 yilda Fridrix Ebert jamgʻarmasi (FES) tomonidan Germaniyada demokratiyadan qoniqish boʻyicha oʻtkazilgan soʻrovda "Germaniyadagi demokratiya faoliyatidan qanchalik qoniqasiz?" degan savol bilan nemislarning 34 foizi norozi, 17,2 foizi esa umuman qoniqmagani maʻʻlum boʻldi. Garchi nemislarning yarmidan koʻpi hozirgi demokratik faoliyatdan norozi ekanliklarini bildirgan boʻlsa-da, DW [4] (Doych Velle teleradiokompaniyasi) “stakanning toʻla qismiga eʻʻtibor qatargan holda” bu xabarni oʻz oʻquvchilariga “Germaniya: soʻrov natijalariga koʻra, demokratiyaga ishonch hali ham yuqori darajada boʻlmoqda" shaklida taqdim qildi.

 Xuddi shu tadqiqotda "Institutlarga ishonch" savoliga koʻra, federal hukumatga ishonch 42,6 foiz, Evropa komissiyasiga ishonch esa atigi 31,5 foiz darajasida qolgan.

Körber jamgʻarmasi [5] soʻroviga koʻra, Germaniyada demokratiyaga ishonch tez surʻʻatlarda pasaymoqda. Fuqarolarning siyosiy partiyalarga ishonchi 2020 yilda 29 foizni tashkil etgan boʻlsa, 2021 yilda bu koʻrsatkich 20 foizga kamaydi. Bundan tashqari, respondentlarning 71 foizi etakchilar va ommaviy axborot vositalari jamiyat haqiqatidan tashqarida yashaydi, deb hisoblaydi.

Boshqaruvga saylovsiz kelgan siyosatchilar

Frantsiyada ham vaziyat boshqacha emas. Masalan, prezident tomonidan tayinlangan bosh vazirlar 1993 yildan beri Milliy Assambleyada ovozga qoʻyiladi va keyin oʻz lavozimiga kirishadi. Biroq Emmanuel Makron 2022 yilgi prezidentlik saylovlarida parlamentda koʻpchilik oʻringa ega boʻla olmagani bois, Elizabet Borne (2022-2024) va Gabriel Attalni parlament ovoziga qoʻymasdan, bosh vazir etib tayinladi. Aslida, tayinlanganidan koʻp oʻtmay, Attal oʻzining sobiq sevgilisi Stefan Sejourneni Evropa va tashqi ishlar vaziri etib tayinladi.

Anʻʻanaga koʻra, konstitutsiyaning prezidentga taqdim etgan 49 prim 3 moddasi munozaralar boshi berk koʻchaga tushib qolgan yoki birinchi navbatda favqulodda vaziyat yuzaga kelgan hollarda qoʻllaniladi. Biroq Makron, ayniqsa, 2022 yilda parlamentdagi koʻpchilikni qoʻlga kirita olmagani uchun Bosh vazirlarni tayinlashda, shuningdek, bir qator qonun loyihalarini qabul qilishda ham Frantsiya Konstitutsiyasining 49 prim3 moddasidan qayta-qayta foydalangan [6]. Bu amaliyot boshqa deputatlar tomonidan tez-tez tanqid qilinadi va hukumatdan demokratik [7] tamoyillarga rioya etish talab qilinadi.

Evropada milliy darajadagi demokratiyaning moʻrtligi uzoq vaqtdan beri Evropa Ittifoqining (EI) byurokratik tuzilishi va siyosati orqali tanqid qilinadi. Garchi Evropa Ittifoqi Sharqiy Evropadagi aʻʻzo davlatlar yoki Turkiya kabi aʻʻzolikka ariza bergan davlatlarga tez-tez demokratiya haqida ogohlantirishlar bersa-da, Evropa Ittifoqi institutlarining oʻzi “demokratik defitsit” muammosidan aziyat chekmoqda. Evropa Parlamenti saylangan vakillardan iborat boʻlsa-da, Evropa Ittifoqining eng muhim ijro etuvchi organi boʻlgan Evropa Komissiyasi qonunlar, byudjetlar va qoidalarni taklif qiladi va amalga oshiradi. Biroq komissiyaga tayinlangan rais boshchilik qiladi. Bu demokratik mamlakatlarda hokimiyatni odatda saylangan parlament yoki xalq tomonidan saylangan prezident amalga oshirishi kerak degan tushunchaga ziddir. Evropa Ittifoqida hokimiyat tayinlangan rahbar va komissiyaning boshqa tayinlangan byurokratlari va texnokratlarida toʻplangan. Rais parlament tomonidan tasdiqlansa-da, amalda komissiya raisi odatda aʻʻzo davlatlar oʻrtasidagi yopiq eshiklar ortidagi kelishuvlarda belgilanadi. [8] Bu holat demokratiyaning asosiy koʻrsatkichi boʻlgan ovoz berish jarayoniga ham taʻʻsir qiladi. Ittifoqqa ishonchi zaif boʻlgani sabab Evropa Ittifoqi fuqarolarining atigi 50,66 foizi 2019 yilgi Evropa Ittifoqi saylovlarida qatnashdi.

 

Oʻta oʻngchilarning yuksalishi

Evropa Ittifoqi oʻtmishda boshqa mamlakatlarni inson huquqlarini poymol qilganlikda tanqid qilgan boʻlsa-da, hozirgi paytda Yunonistonning muhojirlarga qarshi devor qurish saʻʻy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlash va Marokashga bosim oʻtkazish orqali Oʻrta er dengizida minglab muhojirlarning oʻlimiga koʻz yumishda davom etmoqda. Bu jarayonda Evropa Ittifoqi Frontex chegarani himoya qilish agentligini tashkil etib, demokratik qadriyatlariga zid ish qilgani uchun tanqid qilinmoqda.

Evropada demokratiya va tinchlik uchun eng katta tahdid irqchilikning kuchayishi va oʻtmishdagidek rasisizm va fashistik siyosiy harakatlarning kuchayishidir. Oʻta oʻng partiyalar Frantsiyada tarixiy yuksalishni boshdan kechirayotgan boʻlsalar-da, ular Italiyadagi va kutilmaganda hatto Niderlandiya kabi liberal demokratik mamlakatlardagi saylovlarda ham gʻalaba qozonishdi. Germaniyada baʻʻzi siyosatchilar oʻta oʻngchi AfD partiyasining demokratiya uchun eng katta tahdid sifatida kuchayib borayotganini xavotir bilan kuzatmoqda [9].

Natijada, Evropa demokratiyasi Ikkinchi jahon urushidan keyin shakllangan gumanistik, liberar va demokratik qadriyatlardan asta-sekin uzoqlashmoqda. Evropada demokratiyaga boʻlgan ishonch nazariy darajada qolsa-da, amalda u juda zaiflashayotgani koʻrinmoqda. Evropa jamoatchiligining mutlaq koʻpchiligi oʻz mamlakatlarida demokratiyaning susayishidan norozi, bu esa soʻrovlarda yaqqol koʻrinib turibdi. Frantsiyada boʻlgani kabi, "Kim kelsa ham, hech narsa oʻzgarmaydi!" degan kayfiyatdagi odamlar ovoz bermaslikka moyil boʻlishi, katta demokratik inqirozga yoʻl ochmoqda.

Koʻproq ish tashlashlar va namoyishlar oʻtkazib, oʻz huquqlarini siyosiy elitizm, maʻʻmurlar va byurokratiyadan himoya qilmoqchi boʻlgan odamlar demokratiya asoslarini shubha ostiga qoʻymoqda. Bundan tashqari, Evropada oʻta oʻng harakatlarning kuchayishi Evropa tarixidagi fashistik davrlarga qaytish haqidagi xavotirlarni kuchaytiradi. Tugʻilishning kamayishi Italiya, Ispaniya va Frantsiya kabi mamlakatlarni xavotirga solayotgan boʻlsa-da, immigratsiya siyosatidagi qatʻʻiylik va millatchilik Evropa qadriyatlariga zid keladi.

EIning qarorlar qabul qilish jarayonida byurokratik va texnokratik funktsionalligi demokratik qadriyatlarga mos kelmaydi va aʻʻzo mamlakatlardagi odamlarning ishonchiga putur etkazadi. Evropa oʻzining demokratik qadriyatlarini oʻzlashtirishi, odamlarning ovoz berish tendentsiyalarini oshirishi va muhojirlarga nisbatan oʻzining gumanistik qadriyatlariga qaytishi kerak. Sogʻliqni saqlash sohasida islohotlar olib borish, iqtisodiy qiyinchiliklar va turmush sharoiti tufayli tugʻilish koʻrsatkichlarining tez pasayib ketishiga shoshilinch echim topish lozim. U irqchilikka qarshi kurashda samaraliroq boʻlishi, rivojlanayotgan dunyo bilan hamqadam boʻlishi va eski byurokratik tuzilmasini yangilashi kerak. Agar Evropa davlatlari bu qadamlarni qoʻya olmasalar, jiddiy iqtisodiy inqirozga yuz tutganlarida global raqobatchilarga nisbatan iqtisodiy, ijtimoiy va institutsional jihatdan kuchsizlashib, yanada zaifroq holatda tushishi muqarrar.

 

[1] https://www.ipsos.com/en/heading-biggest-election-year-ever-satisfaction-democracy-low

[2] https://theconversation.com/are-europeans-really-democrats-211457

[3] https://www.kcl.ac.uk/news/uk-satisfaction-with-politics-internationally-low-but-support-for-democracy-has-still-risen

[4] https://www.dw.com/en/germany-trust-in-democracy-still-strong-survey-finds/a-65451290

[5] https://bitfinance.news/en/confidence-in-democracy-is-rapidly-declining-in-germany/

[6]https://consents.prismamedia.com/?redirectHost=https%3A%2F%2Fwww.caminteresse.fr&redirectUri=%2fsociete%2farticle-493-combien-de-fois-a-t-il-ete-utilise-par-le-gouvernement-11188915%2f

[7] https://twitter.com/LouisBoyard/status/1745154105322909844?s=20

[8] https://chicagopolicyreview.org/2023/10/09/the-eus-democracy-challenge-and-opportunity/

[9] https://www.dw.com/en/germany-afd-a-growing-threat-to-democracy-says-minister/a-67839373

Dr. Nevzet Chelik,

Parij istiqbol tadqiqotlari markazi (PARC) direktori

 

Mavzuga aloqador