Qozogʻistonda “Sulaymonji” soʻfiy jamoatiga aloqador "Jibek Joli" pansionatlari yopiladi
Qozogʻiston Oliy sudi “Jibek Joli” xayriya tashkilotiga qarashli 26 ta pansionatni yopish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Ushbu pansionatlarda noqonuniy tarzda diniy fanlar oʻqitilgan hamda xayriya tashkilotining turk soʻfiy jamoati – "Sulaymonji" bilan aloqasi borligi aytilmoqda.
Joriy
yilning may oyida Olmaota sudi "Jibek Joli" xayriya muassasalari
uyushmasining 26 ta boʻlimini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni bekor qildi. Bu
haqda "Yeni Şafak" nashri yozdi.
Hisob-kitoblarga koʻra, ilgari mamlakat boʻylab xayriya
tashkilotining 92 ta pansionati faoliyat yuritgan. Qozogʻiston rasmiylarining iddao
qilishicha, xayriya tashkilotlari mamlakat qonunchiligini buzgan. Shuningdek, bu erda
noqonuniy tarzda diniy fanlar oʻqitilgan hamda xayriya tashkilotining turk soʻfiy
jamoati – "Sulaymonji" bilan aloqasi borligi aytilmoqda.
Nashrning yozishicha, ushbu yoʻnalish Bolgariyada paydo boʻlgan,
uning asoschisi Naqshbandiya tariqati vakili shayx Sulaymon Xilmi Tunaxon
Al-Silistrevi (1888-1959) hisoblanadi. Shayxning izdoshlari uni "Xatm
al-avliyo" (Avliyolarning soʻnggi muhri) va "Murshid al-komil"
(Mukammal ustoz) deya sifatlashadi. Bundan tashqari muridlar ustozini Alloh va
shayxga ergashganlar oʻrtasidagi vositachi deb biladi. Ayni paytgacha
"Sulaymonji"ning eʻʻtiqodi Qozogʻiston musulmonlari boshqarmasi
talablariga mos kelishi aytib kelinardi.
Kutilmaganda bir vaqtning oʻzida xayriya tashkilotining 26 ta
pansionatlarini yopish toʻgʻrisidagi qaror Qozogʻiston Respublikasi Oliy sudining
press-relizida eʻʻlon qilindi. Jumladan press-relizda shunday deyilgan:
"Olmaotaning ixtisoslashtirilgan tumanlararo iqtisodiy
sudining qarori bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazish bekor qilindi va 26 ta xayriya
muassasalarining faoliyati tugatildi. Apellyatsiya sudida bu qaror oʻzgarishsiz
qoldirdili".
Sud bunga sabab sifatida xayriya muassasalarining oʻz ustaviga
binoan ishlamaganligini keltirgan:
"Vakolatli organ tomonidan oʻtkazilgan tekshiruv
natijalariga koʻra, Olmaotada xayriya va taʻʻlim sohasidagi faoliyat bilan
shugʻullanadigan 26 ta muassasadan faqat 11 tasi ishlaganligi, 15 tasi esa
kelishuvda nazarda tutilgan joyida ishlamaganligi aniqlandi. Muassasalar
bolalarning hayoti va sogʻligʻi bilan bevosita bogʻliq boʻlgan qator
qonunbuzarliklarga yoʻl qoʻygan.
Shuningdek, arxitektura, shaharsozlik, yongʻin xavfsizligi talablari,
sanitariya-epidemiologiya normalari, diniy, xayriya va moliya-xoʻjalik faoliyati
sohasida mavjud talablarni qoʻpol ravishda buzgan. Ayniqsa tashkilotning baʻʻzi
boʻlimlarida tegishli litsenziyasiz diniy taʻʻlim berilgan", – deyiladi sud
qarorida.
Taʻʻkidlanishicha, ayni paytda Qozogʻiston musulmonlari diniy
boshqarmasi tomonidan "Jibek Joli" bilan memorandum bir tomonlama
bekor qilingan. Qonun normalarini buzgan xayriya muassasalari va ularning
rahbariyatiga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.
Maʻʻlumotlarga koʻra, ushbu pansionatlarni davlat roʻyxatidan
oʻtkazishni bekor qilish toʻgʻrisidagi daʻʻvo Olmaota prokuraturasi tomonidan
qoʻzgʻatilgan boʻlib, aslida oʻtgan yilning boshidayoq "Sulaymonji"ga qarshi
keng koʻlamli hujum boshlangani sezilib qolgan edi. Ayniqsa Qozogʻiston ommaviy
axborot vositalarida oʻnlab bir xil turdagi "fosh qiluvchi materiallar"
tayyorlandi. Ularning aksariyati "Olmaota shahar din ishlari boshqarmasi
koʻmagida" yoki "Davlat buyurtmasi" rubrikasi ostida efirga
uzatilgan.