Qaysi mamlakatlar Tolibon elchilarini tan oldi?
AQSh boshchiligidagi global kuchlar Afgʻonistonga bostirib kirganidan soʻng 20 yil oʻtib, 2021 yil avgustida mamlakatni tark etdi. Hokimiyat Tolibon qoʻliga oʻtdi. Oradan uch yil oʻtib, Tolibon asta-sekinlik bilan tan olinmoqda. Xususan, BAA Tolibonning yangi elchisi, Qozogʻiston esa ishonchli vakilidan yorliqlarni qabul qilib oldi.
AQSh
boshchiligidagi kuchlar Afgʻonistonga bostirib kirganidan soʻng 20 yil oʻtib, 2021
yil avgustida mamlakatni tark etdi. Shundan soʻng Afgʻoniston global sanktsiyalarga
duch keldi, koʻplab mamlakatlar Kobul bilan diplomatik aloqalarni uzdi. Ammo
ekspertlar BAA Tolibon tomonidan tayinlangan elchi, Qozogʻiston esa ishonchli vakildan
ishonch yorliqlarini qabul qilib olgani Afgʻoniston uchun yangi siyosiy va iqtisodiy
istiqbollar ochishini taʻʻkidlamoqda.
Xalqaro
miqyosda tan olinmagan Tolibon maʻʻmuriyati mintaqa davlatlari, jumladan, qoʻshni
Pokiston, Hindiston va Xitoy, shuningdek, Markaziy Osiyo respublikalari bilan
ikki tomonlama munosabatlarni saqlab kelmoqda. Oxirgi uch yil ichida u Yaqin Sharq,
asosan Qatar va BAA bilan ham aloqalarni rivojlantirmoqda.
Rasmiy
Tolibon delegatsiyasi Abu-Dabiga tashrif buyurib, oʻtgan hafta BAA prezidenti Shayx
Muhammad bin Zayd bilan uchrashdi.
Chorshanba
kuni Afgʻoniston Tashqi ishlar vazirligi bayonotida Mavlaviy Badruddin Haqqoniy BAA
Tashqi ishlar vazirligiga ishonch yorliqlarini topshirganini maʻʻlum qildi.
BAA
rasmiysi payshanba kuni Reuters agentligiga “Afgʻoniston elchisining ishonch
yorligʻi”ning qabul qilinishi Fors koʻrfazi davlatining koʻprik qurish va afgʻonlarga
yordam berishga, shu jumladan rivojlanish va qayta qurish loyihalari orqali yordam
berishga qatʻʻiy qarorini tasdiqlaganini maʻʻlum qildi.
Shuningdek,
chorshanba kuni Qozogʻiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Alibek Bakaev Qozogʻiston
“ikki mamlakat oldidagi savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni kengaytirish
maqsadida” Muhammad Ur Rahmon Rahmoniy Afgʻonistonning Ostonadagi muvaqqat
ishonchli vakili sifatida roʻyxatdan oʻtkazilganini bildirdi.
Tolibon
diplomatlarini qabul qilgan boshqa davlatlar qatorida yanvarʻ oyida oʻz elchisining
ishonch yorliqlarini rasman qabul qilgan Xitoy hamda Tolibon diplomatlari
vaqtinchalik ishlar vakili boʻlgan Qatar, Pokiston, Oʻzbekiston, Turkmaniston va
Rossiya ham bor. Turkiya va Tojikiston ham Tolibon rasmiylarini tan olgan,
ammo hozircha faqat konsullik darajasida.
“Mamlakatlar Afgʻoniston xavfsizligi va barqarorligidan
xavotirda, chunki bu butun mintaqa barqarorligi bilan bevosita bogʻliq”, - deydi Kobuldagi
Strategik va mintaqaviy tadqiqotlar markazi ijrochi direktori Sohaib Raufiy Arab News nashriga bergan
intervʻyusida. - Shuning
uchun ular mintaqadagi kuchlar muvozanati uchun raqobat va ishtahani hisobga olib,
Tolibon boshchiligidagi hukumat bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor2.
“Ushbu qadamlar Afgʻoniston Islom Amirligi bilan mintaqa va
undan tashqaridagi davlatlar oʻrtasida ishonch kuchayib borayotganining yorqin
dalilidir. Islom amirligining savdoga yoʻnaltirilgan tashqi siyosati dunyo bilan
aloqalarini mustahkamlashda asosiy omil hisoblanadi”, - deya qoʻshimcha qildi Raufiy.
1996-2001
yillarda Tolibon hokimiyat tepasida turgan ilk davrda ularning boshqaruvini uch
davlat: Pokiston, Saudiya Arabistoni va BAA tan olgan.
Oʻsib
borayotgan xalqaro hamkorlikni amaldagi hukumatni yanada tan olish yoʻlidagi
dastlabki qadamlar sifatida koʻrish mumkin.
"Ammo bu bosqichga borish uchun hali uzoq yoʻl bor, - dedi Raufiy. - Afgʻonistonning hozirgi yakkalanishini yuqori siyosiy darajada kamaytirish uchun dunyo mamlakatlari bilan koʻproq hamkorlik qilish kerak".
Biroq,
qisqa muddatda, ayniqsa, BAA bilan yangi rasmiy munosabatlar Afgʻonistonning
sustlashib borayotgan iqtisodiyotiga taʻʻsir qilishi kutilmoqda.
“Afgʻonistonning
iqtisodiy aloqalari 2021 yil avgustidan keyin mamlakatga kiritilgan siyosiy
cheklovlar tufayli cheklangan. Koʻproq mamlakatlar bilan siyosatning
kuchayishi, shubhasiz, diversifikatsiyalangan iqtisodiy yoʻlaklarga kirish orqali
mamlakat eksporti va importiga ijobiy taʻʻsir koʻrsatadi”, dedi Kobuldagi Kateb
universitetining iqtisod oʻqituvchisi Tayyib Xon.
"Afgʻonistonning BAA bilan global savdo markazi
sifatidagi munosabatlari Afgʻonistonga arab mamlakatlari va undan tashqarida
kengroq bozorga oson kirishni taʻʻminlaydi, bu esa Afgʻonistonning inson
kapitalini jalb qilish uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratadi".