The Guardian nashrining yozishicha, “bugun gʻarbliklar falastinliklarning misli koʻrilmagan chidamliligi, eʻʻtiqodi, axloqiy kuchi va xarakterini tushunish uchun Qurʻʻon oʻqimoqda”. Shu zaylda, minglab odamlar oʻzlari kashf etayotgan haqiqatni anglab, Qurʻʻonning oʻzgartiruvchi taʻʻsirini oʻz tanalarida his qilishmoqda. Bu koʻplarni Islomni qabul qilishga, boshqalarni esa unga yangi nuqtai nazar bilan qarashga undayapti.

Bugun misli koʻrilmagan azob-uqubatlarga oʻz holicha tashlab qoʻyilgan gʻazoliklarning kuchli eʻʻtiqodi, ishonchi va matonati dunyo boʻylab jonli efirda namoyish etilmoqda. Mana shunday jarayonda insoniyat uygʻonib, dunyoning haqiqiy manzarasini gʻira-shira boʻlsa-da koʻryapti. Bu esa Gʻarb dunyosida yangi hodisani yuzaga keltirdi.

11 sentyabrʻ voqealaridan keyin boʻlganidek, odamlar ushbu sobit eʻʻtiqodning manbasini izlab, Qurʻʻonga murojaat qilyapti. Biroq bu safar vaziyat oʻzgacha. Bunday ishtiyoq katta mablagʻlar evaziga ommaviy axborot vositalari, siyosat va kinoindustriyani musulmonlarga qarshi “qurollantirgan” va Terrorga qarshi urush singari yolgʻon daʻʻvolar orqali Islom va musulmonlarni yomonotliq qilish uchun paydo boʻlmagan.

Aksincha, The Guardian nashrining yozishicha, “bugun gʻarbliklar falastinliklarning misli koʻrilmagan chidamliligi, eʻʻtiqodi, axloqiy kuchi va xarakterini tushunish uchun Qurʻʻon oʻqimoqda”.

Shu zaylda, minglab odamlar oʻzlari kashf etayotgan haqiqatni anglab, Qurʻʻonning oʻzgartiruvchi taʻʻsirini oʻz tanalarida his qilishmoqda. Bu koʻplarni Islomni qabul qilishga, boshqalarni esa unga yangi nuqtai nazar bilan qarashga undayapti.

Biz Qurʻʻonga har qachongidan koʻproq bogʻlanyapmiz, uning oyatlari koʻz oldimizda jonlanmoqda. Yaratganning ilohiy kalomi ayni paytda yuz berayotgan dahshatli voqealarni tushunishga, haqiqatni bilish va zulmat ortidagi nurni koʻrishimizga yordam bermoqda.

Alloh oʻzini Qurʻʻonning eng ulugʻ oyatida tasvirlaydi. Mushafda Uning sifatlari – abadiy tirikligi va qoimligi zikr qilingan boʻlib, biz Undangina panoh soʻraymiz va Uning oʻzigagina ibodat qilamiz. Allohning hidoyati, beqiyos yordami adashishlar, yoʻqotishlar va soxta vaʻʻdalardan xoli boʻlmagan dunyoda moʻminlarni najot sari etaklaydi.

Zamon firʻʻavnlari qanchalik quvvatli boʻlmasin, Allohning adolatidan qochib qutula olmaydi. Musulmonlar jonlari va qonlari bilan boʻlsa ham haqiqatni himoya qilishga buyurilgan.

Shu boisdan ham umri davomida adolatli jamiyat qurish istagida yashagan xalqlar bugun Qurʻʻonga oshufta boʻlmoqda. 

Jumladan,
Gʻarbda mashhur bloger, faol kitobxon va kontent ijodkori Megan Rays  gʻazoliklarning jasorati tufayli Qurʻʻonga qiziqib qolgan insonlardan biri hisoblanadi. Uning TikTok akkauntida boʻlib oʻtgan suhbati barcha qadrli narsasidan ayrilgan falastinliklarning iymoni va shukronalik belgisi boʻlgan ibodat va zikrda oʻtayotgan hayoti kuzatuvchilarni hayrat koʻchasiga etakladi. Oʻzining aytishicha, ilgari dindor boʻlmagan Megan birinchi marta Qurʻʻonni oʻqishni boshladi va tinglovchilarini oʻzining virtual Jahon dinlari klubiga taklif qildi. Shunday qilib, u tezda Ilohiy kalom oʻzining asosiy qadriyatlariga, yaʻʻni zulmga qarshi gʻoyalariga mos kelishini kashf etdi. Bu holat uning Islom haqidagi avvalgi notoʻgʻri tushunchalarini butunlay oʻzgartirib yubordi. Bir oy ichida u Islomni qabul qilganini eʻʻlon qilib, iymon kalimasini keltirdi.

Megan oʻshandan beri Qurʻʻonni shaxsan oʻrganishni ijtimoiy tarmoqlardan tashqarida ham davom ettirayotgan boʻlsa-da, uning TikTokda eʻʻlon qilgan Qurʻʻon kitobi klubi” dasturi 16 milliard martadan koʻproq tinglandi.

Yana bir misol – Nefertari Moonn. U diniga amal qilmaydigan musulmon bilan turmush qurganini, turmush oʻrtogʻi oʻzini Xudoga ishonaman, deb aytsa-da, haqiqatda islomiy amallardan uzoq yashashini aytgan. Nefertari ham falastinliklarning eʻʻtiqodi va xarakterini yaxshiroq tushunish uchun Qurʻʻon oʻqishni boshlagach, iymonga kelgan. U oʻz turtkisini shunday izohlaydi: Odamlar oʻlim bilan yuzma-yuz kelganida nega Allohni ulugʻlashini bilishni xohlardim... Qurʻʻon oyatlarini oʻqib chiqqach, Ilohiy soʻzlar menga juda taʻʻsir qildi. Men Qurʻʻonga hissiy jihatdan bogʻlana boshladim”.

Aslida ham shunday – Qurʻʻon bizga hayot haqiqatini oʻrgatadi. Biz hayotimizdagi eng muhim va sevimli narsalarni yoʻqotish bilan sinalamiz. Kimki sabr-toqat qilib, chin dildan Allohga taslim boʻlsa va hamma narsa Uniki ekanligini tan olsa, albatta koʻproq mukofotlanadi:

Albatta, Biz sizlarni qoʻrquv, ochlik, mol-mulk, jon va hosilni yoʻqotish bilan imtihon qilamiz. Sabr qiluvchilarga – ularga musibat etganda: Albatta, biz Allohnikimiz va, albatta, biz Unga qaytuvchimiz", deydiganlarga – xushxabar bering. Ana oʻshalarga Parvardigorlaridan salovot va rahmat bordir. Ana oʻshalar hidoyat topguvchilardir”. (2-155-157)

 

Mavzuga aloqador