Bangladesh bosh vaziri Shayx Hasina isteʻʻfoga chiqdi va qoʻshni Hindistonga qochib ketdi. Mamlakat yuzlab odamlarning oʻlimiga olib kelgan ommaviy norozilik namoyishlari davom etmoqda. Armiya shtab boshligʻi general Vaqer-Uz-Zamon muvaqqat hukumat tuzilishini maʻʻlum qildi.

Armiya shtab boshligʻi general Vaqer-Uz-Zamon mamlakat aholisiga qilgan murojaatida bosh vazirning isteʻʻfoga chiqqanini tasdiqladi.

Hasinaning vertolyotda xavfsizligi taʻʻminlanishi vaʻʻda qilingan qoʻshni Hindistonga uchib ketgani aytilmoqda.

Vaqer-uz-Zamon muvaqqat hukumat tuzilishini maʻʻlum qildi.

U prezident Muhammad Shahobiddin bilan uchrashishini bildirib, muxolifatdagi siyosiy partiyalar bilan gaplashganini taʻʻkidladi.

Uning qayd etishicha, hozircha hukumatni kim boshqarishi nomaʻʻlum.

General, shuningdek, butun Bangladesh xalqi uchun soʻnggi bir necha haftadan buyon namoyishchilar talab qilib kelayotgan adolat taʻʻminlanishiga vaʻʻda berdi.

Dushanba kuni minglab olomon bosh vazirning Ganobxabanqarorgohi, shuningdek, ichki ishlar vaziri Asaduzzaman Xonning poytaxtning Dhanmondi tumanidagi qarorgohiga bostirib kirib, talon-toroj uyushtirgan. Namoyishchilar mamlakat parlamenti binosini ham egallab oldi.

Yakshanba kuni politsiya va Shayx Hasinaning isteʻʻfosini talab qilgan namoyishchilar oʻrtasidagi toʻqnashuvlarda kamida 90 kishi halok boʻldi.

Halok boʻlganlar orasida 13 nafar politsiyachi ham bor. Ular Dakkadan 100 km shimolda joylashgan Sirajganj shahridagi politsiya boʻlimiga uyushtirilgan hujumda halok boʻlgan.

Eslatib oʻtamiz, iyulʻ oyida mustaqillik urushi qatnashchilari oilalariga davlat xizmatiga ishga kirishda 30 foizlik kvota ajratish haqidagi hukumat qaroridan soʻng mamlakatda keng koʻlamli norozilik namoyishlari boshlanib ketdi. Namoyishlar 15 yildan beri hukmronlik qilgan va oxirgi marta shu yilning yanvarʻ oyida toʻrtinchi muddatga qayta saylangan Hasinani hokimiyatdan agʻdarilishiga olib keldi.

Ommaviy namoyishlar boshlanganidan beri 280 dan ortiq odam halok boʻldi. Yuzlab odamlarning oʻlimiga sabab boʻlgan tartibsizliklardan soʻng, mamlakat Oliy sudi ish oʻrinlari kvotalarini bekor qildi.

Mavzuga aloqador