BAA TIV Frantsiyada olingan oʻz fuqarosi Pavel Durovga barcha konsullik xizmatlari zudlik bilan koʻrsatish va Parijga tegishli soʻrov yuborishga tayyorligini bildirdi. Telegram asoschisi bir vaqtning oʻzida toʻrt davlat – Rossiya, Frantsiya, BAA hamda Karib dengizidagi Sent-Kits va Nevis davlati fuqarosi hisoblanadi.

Birlashgan Arab Amirliklari Tashqi ishlar vazirligi Frantsiyada qoʻlga olingan Telegram asoschisi Pavel Durovga barcha konsullik xizmatlarini zudlik bilan koʻrsatishga va Parijga tegishli soʻrov yuborishga tayyorligini maʻʻlum qildi. 

 Maʻʻlumki, milliarder toʻrt davlat (Rossiya Federatsiyasi, Fransiya, BAA va Karib dengizidagi Sent-Kits va Nevis) fuqaroligiga ega.  

Abu-Dabi Parij aeroportida qoʻlga olingan vatandoshi ishini diqqat bilan kuzatib borayotganini taʻʻkidladi. Diplomatik muassasa bayonotida BAA rasmiylari uchun mamlakat fuqarolari farovonligi va ularning manfaatlarini himoya qilish birinchi oʻrinda ekani taʻʻkidlanadi. 

Avvalroq Frantsiya prokuraturasi Durovga nisbatan dastlabki tergov iyulʻ oyi boshida boshlanganini maʻʻlum qilgandi. U Telegramdan foydalanish bilan bogʻliq oʻndan ortiq jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinmoqda. Ular orasida hukumatga maʻʻlumotlarni taqdim etmaslik ham bor.

Kuzatuvchilar messenjer asoschisiga qarshi ishning asosiy “mijozi” Amerika Qoʻshma Shtatlari boʻlishi va shu tariqa bir vaqtning oʻzida bir nechta maqsadlarni, jumladan, Telegram nazoratini qoʻlga kiritishni ham koʻzda tutganini taʻʻkidlamoqda.

Mavzuga aloqador