Chikagodagi United Center sport majmuasida AQSh Demokratik partiyasining qurultoyi boʻlib oʻtmoqda. Tadbir yakunlari boʻyicha Kamala Xarris mamlakatda boʻlajak prezidentlik saylovlarida Demokratik partiyadan nomzod sifatida rasman tasdiqlandi.  

Eʻʻtiborlisi, islom diniga eʻʻtiqod qiluvchi qurultoy delegatlari va mehmonlari uchun namozxonalar tashkil etildi. Guvohlar ijtimoiy tarmoqlarda "Makka tomon" gilamchalar yotqizilgan bunday xonalardan olingan kadrlarni eʻʻlon qilishmoqda.  

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Kamala Xarris saylov kampaniyasi musulmon va arab saylovchilar bilan ishlash uchun maslahatchi yollagani haqida xabar qilingan edi. Ushbu lavozimga Oq uyda musulmonlar, arablar va Gʻazo bilan bogʻliq masalalar, shuningdek, reproduktiv huquqlar, ovoz berish va demokratiya masalalari boʻyicha maslahatchi boʻlib ishlagan Nasrina Bargzi tayinlandi.

Mavzuga aloqador