Taroveh bilan tahajjudning farqi nimada?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf majmuasi
Taroveh, vitr bilan tahajjudning farqi nimada, ular qachon oʻqiladi, vitrning qazosi oʻqiladimi, tahajjudni jamoat boʻlib oʻqish mumkinmi? Taroveh, vitr va tahajjud namozlari toʻgʻrisida umumiy maʻʻlumotlar.
1)
Tahajjudni oʻqishni Alloh taoloning oʻzi Qurʻʻoni karimda koʻrsatma bergan
(“Muzzammil” surasi, 2-3-oyatlar). Tarovehni esa Paygʻambarimiz
alayhissalom oʻz hadislarida tavsiya qilganlar (Buxoriy, 1/37 va 3/2007).
2) Tahajjud oʻqish Makka davrida islom avvalidayoq (Makkiy
suralar bilan) shariatga kiritilgan, taroveh esa Madinada Paygʻambarimiz
alayhisalom umrlarining oxirgi yillarida shariatga kiritilgan.
3) Tahajjud kechasi bir uxlab turgandan soʻng to saharlik
paytigacha oʻqiladigan ixtiyoriy nafl namoz (Tabaroniy, 3/3216). Tahajjud yil oʻn
ikki oy, yaʻʻni har kuni oʻqiladi. Uning ozi 2 rakʻʻat, koʻpi esa 12 rakʻʻat. Tahajjudni
kechaning oxirida oʻqilishi afzal va u oʻqilgandan keyin saharlik eyiladi.
4) Taroveh esa faqat ramazonda, bir oygina oʻqiladi. U xuftondan keyin to uxlaguncha oʻqiladigan
sunnat namoz. Tarovehning ozi 8 rakʻʻat, koʻpi 40 rakʻʻat, oʻrtachasi 20 rakʻʻatdir.
Tarovehni kechaning avvalida oʻqilishi afzal va u oʻqilgandan keyin uxlashga
yotiladi.
5) Tahajjudni Alloh taolo avval boshdan oʻzi farz qilgan,
keyin musulmonlarga sunnat nafl, Paygʻambarimiz alayhissalomga esa majburiy
vojib, keyin majburiy nafl qilib qoldirgan (“Muzzammil” surasi, 20-oyat; “Isro”
surasi, 79-oyat).
6) Tarovehni esa avvalboshdan Paygʻambarimiz alayhissalom
oʻzlari ixtiyoriy ravishda oʻzlariga mutlaq nafl qilib boshlaganlar, u ummatlariga
umumiy va kifoya sunnat qilib qoldirilgan (Nasoiy, 4/2210; Ibn Moja, 1/1238).
7) Tahajjudni har kim oʻzi oʻqiydi, uni jamoat boʻlib
oʻqilmaydi, uni jamoat boʻlib oʻqish bidʻʻat va makruh boʻladi. Taroveh esa
avvalboshdan jamoat boʻlib oʻqiladi hamda jamoat boʻlib oʻqilishi afzalroq va
savobliroq hisoblanadi.
Vitr
bilan tahajjudning farqi
1) Vitr xuftonning namozidir, u tahajjudning namozi emas
(Termiziy, 1/452). U xuftonga qoʻshimcha qilingan, tahajjudga emas. Xufton 4
rakʻʻat farz, 2 rakʻʻat sunnat va 3 rakʻʻat vitrdan iborat.
2) Tahajjudni oʻqishni Alloh taoloning oʻzi Qurʻʻoni karimda
koʻrsatma bergan (“Muzzammil” surasi, 2-3-oyatlar). Vitrni esa Paygʻambarimiz
alayhissalom oʻz hadislarida tavsiya qilganlar (Termiziy, 1/453).
3) Vitr vojib namozdir (Abu Dovud, 1419), tahajjud esa nafl
namozdir (“Isro” surasi, 79-oyat). Vitr majburiy namoz, tahajjud ixtiyoriy namoz.
Yaʻʻni, vitrni oʻqimasa gunohkor boʻladi, tahajjudni oʻqimasa gunohkor boʻlmaydi.
4) Vitrni oʻqimasa, uni saharlikkacha tahajjud ortidan
boʻlsa-da oʻqib olinadi. Agar vitrni saharlikkacha oʻqimagan boʻlsa, uning qazosini
ham albatta oʻqish vojib boʻladi (Termiziy, 1/466; Ibn Moja, 1/1188). Tahajjudni
esa oʻqimasa, qazosi aslo oʻqilmaydi.
5) Vitrni xuftonda uxlashdan oldin oʻqish afzal boʻladi. Chunki
Paygʻambarimiz alayhissalom shunga vasiyat qilganlar (Buxoriy, 3/1981; Muslim,
1/721). Tahajjud esa bir uxlab turgandan soʻng saharlikkacha oʻqiladi (Tabaroniy,
3/3216).
6) Vitrni bir kechada ikki marta takror oʻqilmaydi (Termiziy,
1/470; Abu Dovud, 1/1439). Tahajjudni esa bir kechada istagancha takror oʻqish
mumkin.
7) Vitr namozi ramazondan boshqa paytlar yolgʻiz oʻqiladi,
jamoat boʻlib oʻqilmaydi. Ramazonda esa jamoat boʻlib oʻqiladi. Tahajjud esa hamisha
– ramazonda ham, boshqa paytlarda ham yolgʻiz oʻqiladi, jamoat boʻlib aslo
oʻqilmaydi.
Hamidulloh Beruniy