Turkiyaning Bamakodagi elchisi Efe Jeylan boshchiligidagi turk delegatsiyasi Mali Bosh shtab rahbari general Umar Diarra bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Turkiya harbiy delegatsiyasi Mali hukumatiga terrorchi guruhlarga qarshi kurashda harbiy yordam koʻrsatishni davom ettirishga tayyorligini tasdiqladi. Biroq bu yordam, kuzatuvchilarga koʻra, nafaqat Mali hukumat armiyasi, balki mamlakatda mavjud boʻlgan "Vagner" XHK yollanma askarlariga ham qarshi kurashayotgan jangarilarni bostirishga yoʻnaltirilgan.

Diarra, oʻz navbatida, xavotirlarga qaramay, ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlikning “aʻʻlo darajada” ekanligini taʻʻkidladi. 

"Koʻplab qiyinchiliklarga qaramay, Turkiya doimo biz tomonda", – degan Diarra Mali armiyasining Turkiyadan uchuvchisiz havo vositalari va boshqa harbiy jihozlar olganini qayd etdi. 

"Bu yordam bizga mamlakat barqarorligiga tahdid soluvchi qarshilik kuchlariga zarba berish imkonini taqdim etdi", – deya qoʻshimcha qildi u.

Bosh shtab rahbari, shuningdek, Turkiyaning qoʻllab-quvvatlashi hukumat kuchlarining pozitsiyasini sezilarli darajada mustahkamlaganini taʻʻkidladi. Biroq tanqidchilar bu yordam tinch aholi oʻrtasida zoʻravonlik va azob-uqubatlarning kuchayishiga olib kelganini taʻʻkidlamoqda.

Mavzuga aloqador