Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev va Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov yirik kooperatsiya loyihalarini ishga tushirish marosimida ishtirok etdi.

Jumladan, Fargʻona va Namangan viloyatlarida umumiy quvvati 400 megavatt boʻlgan ikkita quyosh elektr stantsiyasi qurilishiga start berildi. Ushbu stantsiyalarda ishlab chiqariladigan elektr energiyasi Qirgʻizistonga etkazib berilishi koʻzda tutilgan.

Chuy viloyatida zamonaviy engil avtomobillar va tijorat texnikalari ishlab chiqarish zavodi ishga tushirildi. Xususan, u erda Cobalt, Onix va Tracker  rusumli engil hamda yuk avtomobillari yigʻiladi.

Shuningdek, Qora-Balta shahrida tikuv-trikotaj mahsulotlari va mato ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Korxonaga zamonaviy texnologik uskunalar etkazib berilib, oʻrnatildi.

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston prezidentlari ushbu loyihalar mamlakatlarimiz oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar.

Mavzuga aloqador